Korrupsiya jamiyatning barqaror poydevorini yemirib, davlat va millat taraqqiyotiga soya soluvçi oğir illatdir. U qonun ustuvorligini zaiflaştirib, jamiyatda adolat tuyğusini söndiradi va xalq işonçini poymol qiladi. Bunday muhitda uyuşgan jinoyatçilik, manfaatparastlik va turli salbiy oqimlar uçun keng yöl oçiladi. Şu bois korrupsiyaga qarşi kuraş faqatgina muayyan taşkilot yoki mansabdor şaxsning vazifasi emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning vijdonniy burçi, umumiy masʼuliyati bölmoği darkor.
Islom dini ham uşbu umummilliy kuraşda maʼnaviy tayanç va tarbiyaviy kuç sifatida muhim örin tutadi. Din halollik, poklik, adolat va masʼuliyat kabi insoniy qadriyatlarni yuksak qiymat sifatida uqtiradi, pora oliş va mansabni suiisteʼmol qilişni oğir gunoh sifatida qoralaydi. Şu maʼnoda, islomning maʼrifiy taʼlimotlari jamiyatda korrupsiyaga qarşi kuçli maʼnaviy qalqon yaratib, insonlarni pok niyat va vijdon yölida faol bölişga çorlaydi.
Taʼkidlaş joizki, islom dini jamiyatda soğlom muhit şakllantirişni hamişa diqqat markaziga qöygan. Şu bois jamiyatda uçraydigan har qanday illatni bartaraf etiş uçun insonlarni maʼnaviy-maʼrifiy yöl asosida tarbiyalaşga asosiy eʼtibor qaratadi. Xususan, Qurʼoni karim va hadisi şariflarda korrupsiyaning körinişlaridan bölgan poraxörlik, özganing haqqini nohaq egallaşni gunoh ekani taʼkidlandi hamda musulmonlarni bunday illatlardan qaytardi. Jumladan, Qurʼoni karimning Niso surasi 29-oyatida: “Ey iymon keltirganlar, bir-birlaringizning mollaringizni botil yöl bilan yemang”, deyiladi.
Şu asosda birovning molini botil yöl bilan yeyiş, poraxörlik va tovlamaçilik kabi illatlar qatʼiy man etilgan. Har bir masʼul inson öz vazifasini adolat va halollik asosida bajarişi, mansab lavozimini suiisteʼmol qilişga yöl qöymasligi lozim, çunki bu nafaqat gunoh, balki jamiyatda özaro işonçni poymol qiluvçi oğir xatodir.
Rasululloh (s.a.v.) hadislarida ham “Pora beruvçiga ham, pora oluvçiga ham Allohning laʼnati bölsin!”, “Pora beruvçi ham, oluvçi ham, örtada turuvçi ham jahannamga taşlanadi” deya bu illatdan musulmonlar qaytariladi. Qolaversa, bu körsatma har bir musulmonni adolatli va vijdonli bölişga hamda jamiyatda soğlom muhitni saqlaşga çorlaydi. Islomning maʼnaviy yönalişi şu yöl bilan korrupsiyaga qarşi eng kuçli qalqon vazifasini bajaradi.
Şuningdek, Umar ibn Xattob (r.a.) “Kimki bir işga munosbiroq odam turganida özaro yaqin yoki qarindoş bölgani uçungina boşqa insonni işlatsa, u Allohga, Rasuliga va möminlarga xiyonat qilibdi”, deganlar. Bu esa, islom dini jamiyat va davlat işlarida insonlarni taniş-bilişçilik, mahalliyçilikdan qaytirişini anglatadi.
Bundan taşqari, islom dini qöl ostida xodimlari bor mansabdor şaxslarni xossatan özi uçun taşkil qilingan ziyofatlarga borişdan ham qaytargan. Bundan közlangan asosiy maqsad korrupsiyaga yöl oçmaslik bölgan. Ayniqsa, örta asrlarda qozilik lavozimida işlovçi kişilar uçun korrupsiyaga şaroit yaratuvçi har qanday holatlar taqiqlangan. Xususan, qozi yoki uning oilasi uçun taşkil etilgan maxsus ziyofatlarga bormaslik, oddiy holatda ham kişilardan sovğa-salom olmaslik, savdo ahli tomonidan oldi-sotdi işlarida ular uçun turli imtiyozlar bermaslik kabi bir qança qoidalar işlab çiqilganki, ularning asosiy maqsadi korrupsiya uçun tuynuklar hosil bölişini oldini olişga qaratilgan.
Yuqoridagilardan körinib turibdiki, islom dini korrupsiyaga qarşi kuraşni nafaqat huquqiy, balki maʼnaviy va tarbiyaviy masʼuliyat sifatida qaraydi. U adolat, poklik va masʼuliyatni inson hayotining asosiy yöriqlari qilib belgilaydi, poraxörlik, mansabni suiisteʼmol qiliş va oddiy halollikka zid bölgan barça illatlarni qatʼiy qoralaydi. Qurʼon va hadislar orqali musulmonlar adolatli, vijdonli va pok niyatli bölişga çaqiriladi. Bu esa jamiyatda soğlom muhit, özaro işonç va adolatli munosabatlarni saqlaşda eng kuçli maʼnaviy qalqon vazifasini bajaradi.
Şu bilan birga, amaldorlarni taniş-bilişçilik, mahalliyçilik va manfaatparstlik illatlaridan uzoq turişga çorlaydi. Maxsus ziyofatlarga bormaslik, sovğa va imtiyoz talab qilmaslik kabi qoidalar korrupsiyaga yöl qöymaslikda amaliy ibrat bölib xizmat qilgan. Bu tartiblar orqali islom jamiyatda soğlom muhit, şaffoflik va adolatni taʼminlab, har bir insonni halollik va vijdon yölida faol bölişga çorlaydi hamda jamiyatda özaro işonçga asoslangan soğlom muhitini barpo etadi.
Şukrullo Jörayev
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bölim boşliği
