Новости

Xalqaro hamkorlik

Ziyorat turizmi istiqbollari muhokama qilindi Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Indoneziyaning "Kalimantan post" gazetasi bosh muharriri E.Shanti bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Ziyorat turizmi istiqbollari muhokama qilindi
 Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Indoneziyaning "Kalimantan post" gazetasi bosh muharriri E.Shanti bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xususan, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini indonez nashrlarida yoritish masalasi muhokama qilindi.

 E.Shanti "Kalimantan post" gazetasi sahifalarida Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qiluvchi maqolalar nashr etilayotgani, istiqbolda bu kabi maʼlumotlarni yanada koʻpaytirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

 Shuningdek, E.Shanti indenoziyalik talabalarda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga boʻlgan qiziqishning yuqori ekanini qayd etib, Akademiya bilan manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini izhor qildi.

Mehmon indoneziyalik talabalarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy kabi islom olamining buyuk siymolari majmualarini ziyorat qilish istagi kuchli ekanini aytib, joriy yil yakuniga qadar 100 dan ziyod vatandoshining Oʻzbekistonga maxsus safarini tashkil etajagini bildirdi.

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…