Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

Ziyorat turizmi istiqbollari muhokama qilindi Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Indoneziyaning "Kalimantan post" gazetasi boş muharriri E.Şanti bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda…

Ziyorat turizmi istiqbollari muhokama qilindi
 Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Indoneziyaning "Kalimantan post" gazetasi boş muharriri E.Şanti bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini indonez naşrlarida yoritiş masalasi muhokama qilindi.

 E.Şanti "Kalimantan post" gazetasi sahifalarida Özbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini tarğib qiluvçi maqolalar naşr etilayotgani, istiqbolda bu kabi maʼlumotlarni yanada köpaytirişdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

 Şuningdek, E.Şanti indenoziyalik talabalarda Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasiga bölgan qiziqişning yuqori ekanini qayd etib, Akademiya bilan manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanini izhor qildi.

Mehmon indoneziyalik talabalarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy kabi islom olamining buyuk siymolari majmualarini ziyorat qiliş istagi kuçli ekanini aytib, joriy yil yakuniga qadar 100 dan ziyod vatandoşining Özbekistonga maxsus safarini taşkil etajagini bildirdi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…