📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Xalqaro hamkorlik

Ziyorat turizmi istiqbollari muhokama qilindi
 Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Indoneziyaning "Kalimantan post" gazetasi bosh muharriri E.Shanti bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini indonez nashrlarida yoritish masalasi muhokama qilindi.

 E.Shanti "Kalimantan post" gazetasi sahifalarida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qiluvchi maqolalar nashr etilayotgani, istiqbolda bu kabi ma’lumotlarni yanada ko‘paytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

 Shuningdek, E.Shanti indenoziyalik talabalarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga bo‘lgan qiziqishning yuqori ekanini qayd etib, Akademiya bilan manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini izhor qildi.

Mehmon indoneziyalik talabalarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy kabi islom olamining buyuk siymolari majmualarini ziyorat qilish istagi kuchli ekanini aytib, joriy yil yakuniga qadar 100 dan ziyod vatandoshining O‘zbekistonga maxsus safarini tashkil etajagini bildirdi.