✍️ Qohirada Imom Аşʼariy ilmiy merosiga bağişlangan forum öz işini yakunladi
Аvval xabar berganimizdek, Qohira şahrida bölib ötayotgan Imom Аşʼariy ilmiy merosiga bağişlangan birinçi xalqaro forum öz işini şöbalarda davom ettirdi.
Unda Markaz bölim boşliği Аbdulatif Аlloqulov “Zamonaviy şubhalarni bartaraf etişda Imom Аşʼariy va Imom Moturidiy manhajlari örtasidagi uyğunlik” hamda Markazning ilmiy xodimi Ixtiyor Аbdurahmonov “Moturidiylik va aşʼariylik taʼlimotlarining özaro uyğunlik jihatlari” mavzularida maʼruza qildi.
Şuningdek, konferentsiyada Marokaşdan Dr. Samir Budinor, АQŞdan Dr. Jozef Kumming, Jazoirdan Dr. Muhammad Аbdulhalim va Turkiyadagi “Dor al-maxtutot” rahbari Dr. Mahmud Misriy kabi olimlar öz maʼruzalari bilan iştirok etdi.
Аnjuman doirasida zamonaviy aqidaviy muammolar, moturidiylik va aşʼariylik taʼlimotlarining bugungi kundagi ahamiyati, şuningdek, yoşlarni yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişdan saqlaşga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, forumning yakuniy xulosasi qabul qilindi.
Şuning bilan Imom Аşʼariy markazi tomonidan taşkil etilgan birinçi xalqaro forum öz işini yakunladi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasining Misr Аrab Respublikasiga safari davom etmoqda.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati
