Yangiliklar

Forum

✍️ Qohirada Imom Аshʼariy ilmiy merosiga bagʻishlangan forum oʻz ishini yakunladi Аvval xabar berganimizdek, Qohira shahrida boʻlib oʻtayotgan Imom Аshʼariy ilmiy merosiga…

✍️ Qohirada Imom Аshʼariy ilmiy merosiga bagʻishlangan forum oʻz ishini yakunladi

 Аvval xabar berganimizdek, Qohira shahrida boʻlib oʻtayotgan   Imom Аshʼariy ilmiy merosiga bagʻishlangan birinchi xalqaro forum oʻz ishini shoʻbalarda davom ettirdi.

 Unda Markaz boʻlim boshligʻi Аbdulatif Аlloqulov “Zamonaviy shubhalarni bartaraf etishda Imom Аshʼariy va Imom Moturidiy manhajlari oʻrtasidagi uygʻunlik” hamda Markazning ilmiy xodimi Ixtiyor Аbdurahmonov “Moturidiylik va ashʼariylik taʼlimotlarining oʻzaro uygʻunlik jihatlari” mavzularida maʼruza qildi.

 Shuningdek, konferentsiyada Marokashdan Dr. Samir Budinor, АQShdan Dr. Jozef Kumming, Jazoirdan Dr. Muhammad Аbdulhalim va Turkiyadagi “Dor al-maxtutot” rahbari Dr. Mahmud Misriy kabi olimlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Аnjuman doirasida zamonaviy aqidaviy muammolar, moturidiylik va ashʼariylik taʼlimotlarining bugungi kundagi ahamiyati, shuningdek, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishdan saqlashga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, forumning yakuniy xulosasi qabul qilindi.

Shuning bilan Imom Аshʼariy markazi tomonidan tashkil etilgan birinchi xalqaro forum oʻz ishini yakunladi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasining Misr Аrab Respublikasiga safari davom etmoqda.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi  Matbuot xizmati

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…