Новости

Forum

✍️ Qohirada Imom Aşʼariy ilmiy merosiga bağişlangan nufuzli xalqaro forum öz işini boşladi 27-yanvar kuni Misr Arab Respublikasining Qohira şahrida nufuzli "Al-Azhar"…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

✍️ Qohirada Imom Aşʼariy ilmiy merosiga bağişlangan nufuzli xalqaro forum öz işini boşladi

 27-yanvar kuni Misr Arab Respublikasining Qohira şahrida nufuzli "Al-Azhar" majmuasi qoşidagi Imom Aşʼariy markazi tomonidan taşkil etilgan birinçi xalqaro ilmiy forum öz işini boşladi.

Mazkur yirik anjuman "Imom Aşʼariyning islomiy firqalarga oid fikriy yondaşuvlari: aqidaviy ixtilofdan muloqot ufqi va mötadillikni qaror toptiriş sari" mavzusiga bağişlangan bölib, unda islom olamining yetuk ulamolari, dinşunos olimlar va tadqiqotçilar jam bölgan.

 Forumda Özbekiston nomidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi ham faol iştirok etmoqda. Xususan, anjuman oçiliş marosimida Imom Aşʼariy markazi direktori Hasan Şofeʼiy, al-Azhar universiteti rektori  Dovud Saloma, Imom Moturidiy markazi direktori Komiljon Şermuxamedov, Misr muftiysi Nazir Ayyod hamda al-Azhar majmuasi rahbari örinbosari Muhammad Duvayniy sözga çiqdi.

Uşbu xalqaro anjuman islom olamidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, mutaassiblikka qarşi maʼrifat bilan kuraşiş hamda sof islom aqidasini asrab-avaylaşda muhim platforma vazifasini ötaydi.

 Anjuman öz işini davom ettirmoqda.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi  Matbuot xizmati

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parijda yangragan uçinçi renessans sadosi

Bunday taqdimotlar orqali jahon hamjamiyati Özbekistonning betakror maʼnaviy salohiyati, şonli ötmişi, boy madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qöşgan beqiyos hissasidan yana…