Ma’naviy mushtaraklik va umumiy qadriyatlar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili asosida ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish tashkilotga a’zo davlatlar oldida turgan muhim va dolzarb vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, yoshlar orasida yot va buzg‘unchi g‘oyalar tarqalishining oldini olish maqsadida turkiy davlatlar makonida ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashishga qaratilgan Harakatlar rejasini qabul qilish, islomofobiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish borasida ham yaqin muloqotlarni davom ettirish takliflarini bildirdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda ekstremizm va radikalizm tahdidlari nafaqat milliy yoki mintaqaviy, balki xalqaro miqyosdagi global muammoga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. Shu sababli, bugungi kunda mazkur tahdidlarga qarshi kurashni tizimli tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlarni mutaassib va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish butun jahon jamoatchiligi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Komiljon Shermuxamedov,
Imom Moturidiy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi direktori
Manba: "Xalq so‘zi" gazetasi (https://t.me/gazetalar_sharhi/38383)