"Jaholatga qarshi maʼrifat" tadbirlari davom etmoqda
2025-yil 29-oktyabr kuni Toshkentdagi Puchon universiteti majlislar zalida maʼnaviy taʼlim va axloqiy qadriyatlar mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukrillo Joʻrayev maʼruza qildi.
Maʼruzada bugungi kunda yoshlar ongini turli zararli gʻoyalar va yot taʼsirlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida soʻz bordi. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyatning oʻrni, yoshlarning barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishida ilm-maʼrifatning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Tadbir jarayonida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
