Yangiliklar

"Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbirlari davom etmoqda
2025-yil 29-oktyabr kuni Toshkentdagi Puchon universiteti majlislar zalida ma’naviy ta’lim va axloqiy qadriyatlar mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrillo Jo‘rayev ma’ruza qildi.
Ma’ruzada bugungi kunda yoshlar ongini turli zararli g‘oyalar va yot ta’sirlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z bordi. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni, yoshlarning barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishida ilm-ma’rifatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.