News

Xalqaro aloqalar

2025-yilning 21-noyabr kuni Turkiya Respublikasining Konya shahrida "XXI asr turkiy olam qadriyatlarini barpo etishda hanafiy–moturidiy paradigmasi" mavzusidagi VII-xalqaro Moturidiylik simpoziumi oʻz ishini…

This page is currently available in Uzbek only.

2025-yilning 21-noyabr kuni Turkiya Respublikasining Konya shahrida "XXI asr turkiy olam qadriyatlarini barpo etishda hanafiy–moturidiy paradigmasi" mavzusidagi VII-xalqaro Moturidiylik simpoziumi oʻz ishini boshladi.

Simpoziumning maqsadi — hanafiy–moturidiy taʼlimotining ilmiy-falsafiy ahamiyatini hayotning hozirgi muammolari bilan bogʻlash, turkiy olamning maʼnaviy birligini mustahkamlash hamda dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida Imom Moturidiy merosini yangi ilmiy platformada targʻib etishdan iboratdir.

 Tadbir Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi Konya viloyat muftiyati, Konya shahar hokimligi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida oʻtkazilmoqda.

 Simpoziumning ochilish marosimida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim, Saljuq universiteti rektori Xusayn Yilmaz, Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti dekani Yusuf Ajar, Konya viloyati muftiysi Ali Oʻge hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori K.Shermuxamedov maʼruza bilan ishtirok etdi.

 Simpozium oʻz ishini davom ettirmoqda. 

Batafsil
https://anadoludabugun.com.tr/konya-haberleri/son-basbakan-yildirim-konyada-konustu-turk-dunyasi-bunun-icin-harekete-gecmeli/406158

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…