Xalqaro aloqalar

2025-yilning 21-noyabr kuni Turkiya Respublikasining Konya shahrida "XXI asr turkiy olam qadriyatlarini barpo etishda hanafiy–moturidiy paradigmasi" mavzusidagi VII-xalqaro Moturidiylik simpoziumi o‘z ishini boshladi.
Simpoziumning maqsadi — hanafiy–moturidiy ta’limotining ilmiy-falsafiy ahamiyatini hayotning hozirgi muammolari bilan bog‘lash, turkiy olamning ma’naviy birligini mustahkamlash hamda dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida Imom Moturidiy merosini yangi ilmiy platformada targ‘ib etishdan iboratdir.
Tadbir Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi Konya viloyat muftiyati, Konya shahar hokimligi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Simpoziumning ochilish marosimida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim, Saljuq universiteti rektori Xusayn Yilmaz, Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti dekani Yusuf Ajar, Konya viloyati muftiysi Ali O‘ge hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori K.Shermuxamedov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Simpozium o‘z ishini davom ettirmoqda.
Batafsil
https://anadoludabugun.com.tr/konya-haberleri/son-basbakan-yildirim-konyada-konustu-turk-dunyasi-bunun-icin-harekete-gecmeli/406158
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati