News

Kuala-Lumpur şahrida diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar taqdimot qilindi

Özbekiston delegatsiyasining Malayziyaga taşrifi davomida Kuala-Lumpur şahrida joylaşgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida “Muloqotdan – harakat sari: Özbekiston va Malayziya strategik…

This page is currently available in Uzbek only.

 

Özbekiston delegatsiyasining Malayziyaga taşrifi davomida Kuala-Lumpur şahrida joylaşgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida “Muloqotdan &ndaş; harakat sari: Özbekiston va Malayziya strategik hamkorlik yölida” mavzusidagi davra suhbati ötkazildi.

Davra suhbatida Malayziya Taşqi işlar vazirligi, Davlat boşqaruvi milliy instituti, Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti, Osiyo strategiyasi va yetakçilik instituti, Malayziya islom madaniyati institutining ekspetlari qatnaşdi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakili tomonidan Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan, fan-taʼlim, madaniyat, turizm va diniy-maʼrifiy yönalişdagi ijobiy özgarişlar haqida maʼruza qilindi.

Taʼkidlaş kerakki, sönggi yillarda Özbekiston va Malayziya örtasida madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Buning natijasida ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvçi yirik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohimning 2024-yil may oyida Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi, ikki mamlakat rahbarlarining Toşkentda ötkazilgan yuqori darajadagi uçraşuvlardagi kelişuvlari  taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilmoqda.

Tadbirda mamlakatimizning ziyorat turizmi yönalişidagi imkoniyatlari Malayziya turizm xizmatlari bozorida katta qiziqişga sabab bölayotgani taʼkidlandi. Malayziya Taşqi işlar vazirligining Janubiy va Markaziy Osiy departamenti kotibi örinbosari Kenedi Mayong Onon Özbekistonning turistik manzillari malayziyaliklar uçun yangi sayyohlik yönalişi bölişini qayd etdi.

Davra suhbatida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorligining bugungi holati va istiqbol rejalari muhokama qilindi.

News

Read also

All news
News

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…