News

BMTning Jenevadagi qarorgohida ilk marta Imom Moturidiy merosi tarğib etild

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22-oktyabr kuni Jeneva şahridagi BMT qarorgohida “Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy-ilmiy merosi va maʼrifatning ufqlari” mavzusida xalqaro…

This page is currently available in Uzbek only.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22-oktyabr kuni Jeneva şahridagi BMT qarorgohida “Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy-ilmiy merosi va maʼrifatning ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ötkazildi.

Ahamiyatli jihati, Davlatimiz Rahbarining xayrli taşabbuslari doirasida ötkazilgan anjumanda ilk marta kalom ilmi sultoni Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosiga bağişlangan taqdimot bölib ötdi.   

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuxamedovning “Imom Moturidiy merosi: bağrikenglik va mötadillik falsafasi” mavzusidagi maʼruzasida buyuk alloma taʼlimotining tarixiy ildizlari, moturidiylik ilmiy maktabining bugungi global jarayonlar şaroitidagi ahamiyati, şuningdek, Markaz faoliyati tarğib qilindi.

Xususan, “Imom Moturidiy musulmon ummati içida yuzaga kelgan turli eʼtiqodiy qaraşlarga ilmiy asoslangan raddiyalar berib, sof islom aqidasini himoya qilgan va özidan keyingi asrlarda millionlab musulmonlar ergaşgan mustahkam ilmiy maktabga asos solgan. Bu tamoyil islom tafakkurida soğlom fikr va ilmiy tahlillarning rivojlanişiga mustahkam zamin yaratdi. Imom Moturidiyning merosida mötadillik, bağrikenglik va maʼrifat ğoyalari boş ğoya sifatida ustuvorlik qiladi”.

Markaz direktori maʼruzasida allomaning ilmiy merosini örganişda muhim örin tutadigan “Kitob at-tavhid” va “Taʼvilot al-Qurʼon” asarlariga ham töxtalib ötdi. Uşbu asarlar Imom Moturidiyning aqida va tafsir ilmlariga qöşgan ulkan hissasini namoyon etib, musulmon dunyosidagi ilmiy tafakkur rivojida muhim manbalar sifatida qadrlanadi.
Qölyozma nusxalarining turli mamlakatlarda saqlanayotgani esa alloma merosining keng geografik hududda örganilib kelinayotganidan dalolat beradi.

Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbuslari bilan 2020-yilda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining taşkil etilgani alloma merosini çuqur tadqiq etiş, uning ilmiy maktabi tarixini örganiş va maʼrifiy ğoyalarini xalqaro miqyosda tarğib qilişda muhim bosqiç böldi”.

Imom Moturidiy kabi allomalarimiz merosining xalqaro maydonlarda taqdim etilişi qadim Movarounnahrda şakllangan ilmiy maktablarning umuminsoniy ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi. Alloma taʼlimotida mujassam bölgan soğlom tafakkur, ilmiy dalillarga tayaniş, bağrikenglik va mötadillik tamoyillari bugungi kunda ham turli madaniyat va eʼtiqod vakillari örtasida özaro hurmatni mustahkamlaş, mutaassiblikka qarşi maʼrifatni tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

News

Read also

All news