News

Konferensiya

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Maxachkala shahrida "Musulmon ulamolari merosi: maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda maʼrifat gʻoyalarini targʻib qilish" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya…

This page is currently available in Uzbek only.

 Joriy yilning 29-oktyabr kuni Maxachkala shahrida "Musulmon ulamolari merosi: maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda maʼrifat
 gʻoyalarini targʻib qilish"  mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.

 Anjuman Dogʻiston Respublikasi Muftiyati, Dogʻiston gumanitar instituti hamda Islom madaniyati, ilm-fan va taʼlimni qoʻllab-quvvatlash fondi hamkorligida tashkil etilgan boʻlib, unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari A.Tajiyev va Z.Faxriddinov ishtirok etmoqda.

 Konferensiya doirasida musulmon ilohiyotshunoslari ilmiy merosining zamonaviy jamiyatda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashda tutgan oʻrni, shuningdek, ushbu merosni keng jamoatchilikka yetkazishning filologik va mediakommunikativ jihatlari muhokama qilinadi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining mazkur nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etishi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida madaniy -maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, ikki tomonlama ilmiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

News

Read also

All news
News

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…