Amman şahridagi Iordaniya Xalqaro islom ilmlari universitetida Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev asarlarining arab tilida çop etilgan kitoblari, foto-albomlari namoyiş qilindi. Taqdimotda iordaniyalik olimlar, ekspertlar, islomşunos mutaxassislar hamda ōzbekistonlik talabalar iştirok etdi.

Tadbirda sōzga çiqqan Ōzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Ōzbekiston musulmonlari idorasi raisi ōrinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Toşkent islom instituti rektori Uyğun Ḡafurov Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy portreti, davlatimiz Rahbarining strategik taşabbuslari, ularning mintaqaviy va xalqaro ahamiyati, şuningdek, Ōzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asl maqsadi haqida atrofliça maʼlumot berdilar.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuxamedov ōz maʼruzasida Ōzbekiston Prezidenti taşabbuslari bilan amalga oşirilayotgan islohotlarda buyuk allomalarimiz ilmiy-maʼnaviy merosiga qaratilayotgan eʼtibor, jumladan, xalqaro maydonda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi mutafakkirlarning boy ilmiy merosini çuqur ōrganiş va keng tarğib etiş masalalariga eʼtibor qaratdi.

Iordaniya Xalqaro islom ilmlari universitetining hanafiy fiqhi fakulteti dekani, professor Husniy al-Daloayn Movarounnahr allomalarining hanafiy fiqhi rivojiga qōşgan hissasini yuksal baholab, ajdodlarning ilmiy anʼanalarini zamonaviy taʼlim va tadqiqotlar bilan boḡlaş orqali Ōzbekiston Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş yōlidan izçil borayotganiga urğu berdi.

Universitetning Hanafiy fiqhi fakulteti katta ōqituvçisi Sulaymon Zuhdiy Oydiy Movarounnahr zaminidan yetişib çiqqan Imom Moturidiyning ilmiy merosi mutaassiblik va ekstremistik qaraşlarga qarşi turadigan muhim maʼnaviy va metodologik asos ekanini eʼtirof etdi. Uşbu taʼlimot insonlarning qaraşlarida muvozanatni saqlaş, boṣqalarning huquq va eʼtiqodlariga hurmat bilan munosabatda bōliş, ixtilofli masalalarda baḡrikenglik kōrsatişga ōrgatadi.

Taqdimot yakunida Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining arab tilida naşr etilgan asarlari, kitoblari hamda mamlakatimiz madaniy merosiga baḡişlangan kitob-albomlar Universitet kutubxonasiga topşirildi.
