News

Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy va Islom sivilizatsiyasi markazlari tadqiqotçilari uçun muhim yangilik

2025-yil 4-fevral kuni Malayziya Islom sanʼati muzeyida “Madaniy meros: Özbekiston va Malayziya örtasidagi köprik” mavzusida xalqaro davra suhbati ötkazildi. Tadbirda Al-Buxoriy fondi…

This page is currently available in Uzbek only.

2025-yil 4-fevral kuni Malayziya Islom sanʼati muzeyida “Madaniy meros: Özbekiston va Malayziya örtasidagi köprik” mavzusida xalqaro davra suhbati ötkazildi. 
Tadbirda Al-Buxoriy fondi raisi Said Muxtor Buxoriyning öğli Said Daniyel Buxoriy, Malayziya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi islomni anglaş instituti, Malayziya islom madaniyati instituti, Islom tuşunçasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti, Islom ilmlari universiteti, Xalqaro islom universiteti va boşqa nufuzli taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakçi ekspertlari qatnaşdi.

Davra suhbatida Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi kabi yirik loyihalar haqida maʼlumot berildi. Ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga oid maxsus filmlar namoyiş etildi.

Davra suhbati yakunida Malayziya va Özbekiston olimlarining hamkorlikdagi deklaratsiyasi qabul qilindi. Unga köra:
– Malayziya va Özbekistonning yetakçi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlaridan iborat ekpertlar jamiyatini taşkil etişga kelişib olindi.
– Mazkur jamiyatini Özbekiston tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi, Malayziya tomonidan Islom tuşunçasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti tomonidan yuritilişiga qaror qilindi.
– Jamiyatning birinçi qöşma yiğilişi Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosining rasmiy oçilişi arafasida taşkil etiladi.

Malayziya tomoni Özbekiston Respublikasi Prezidentining islom madaniyatini asrab-avaylaş, buyuk allomalar asarlarini tadqiq etiş sohasiga qaratayotgan yuksak eʼtibori uçun minnatdorlik ramzi sifatida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy va Islom sivilizatsiyasi markazlari tadqiqotçilari uçun 100 000 dan ortiq qölyozmalar, noyob naşrlarning elektron nusxasidan foydalaniş huquqini beruvçi maxsus sertifikatni topşirdi.
Davra suhbati işi Malayziya va Özbekiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

News

Read also

All news
News

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…