Şu kunlarda juda ham quvonçli xabar eşitdim. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev janobi oliylari “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida” qaror qabul qilgani, şu munosabat bilan köplab ilmiy-madaniy tadbirlar, jumladan, “Moturidiylik &ndaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro anjuman ötkazilişi meni bağoyat mamnun qildi.
Muhtaram Prezident Şavkat Mirziyoyev janobi oliylari hanafiy-moturidiy taʼlimoti atrofida birlaşgan turkiy davlatlar yetakçilari orasida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga eng katta eʼtibor qaratib kelayotgan davlat rahbari sifatida alohida ajralib turibdi. Buning uçun men Prezident janobi oliylariga çin qalbdan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Imom Moturidiy Alloh taolo tomonidan insoniyatga berilgan eng uluğ inʼom, bebaho tuhfadir. Zotan, u bağrikenglik va mötadillikka asoslangan qaraşlari, maʼrifiy ğoyalari bilan nafaqat islom sivilizatsiyasiga, balki umumbaşariy tamaddungi bebaho hissa qöşgan buyuk allomadir. Uning tafakkuri markazida inson erki, aql va ilm turadi.
Alloh taolo insonni eng gözal suratda yaratgan. Inson hurmat va ehtiromga loyiq mavjudotdir. Barça insonlar Odam Atoning farzandlari bölgani sababli, insoniylik jihatidan özaro birodar hisoblanadilar. Ular orasidagi musulmonlar dinda ham birodardirlar. Insonlarning özaro ustunligi axloqiy fazilatlar, taʼlim-tarbiya bilangina ölçanadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev janobi oliylarining Imom Moturidiy tavalludini keng nişonlaş haqidagi qarori allomalarga yuksak ehtirom ifodasi ölaroq, yoş avlodni mutaassib oqimlar taʼsiriga tuşib qolişining oldini olişga ham xizmat qiladi. Zero, X asrda mötadil taʼlimotni insoniyatga tarğib qilgan Imom Moturidiyni xotirlaş orqali bugun jamiyatda har qaçongidan ham köproq ehtiyoj sezilayotgan tinçlik, bağrikenglik, mötadillik madaniyatini taʼminlaş sari muhim qadam qöyiladi.
Umrining katta qismini Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosini örganişga bağişlagan bir inson sifatida, men bu borada har qanday vazifaga hissa qöşişni şaraf deb bilaman.
Sönmez Kutlu,
Turkiyaning Anqara universiteti professori,
moturidiyşunos olim
