Yangiliklar

Dunyo moturidiyshunos olimlari Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirmoqda

Shu kunlarda juda ham quvonchli xabar eshitdim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”…

Shu kunlarda juda ham quvonchli xabar eshitdim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” qaror qabul qilgani, shu munosabat bilan koʻplab ilmiy-madaniy tadbirlar, jumladan, “Moturidiylik – bagʻrikenglik, moʻtadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazilishi meni bagʻoyat mamnun qildi.

Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari hanafiy-moturidiy taʼlimoti atrofida birlashgan turkiy davlatlar yetakchilari orasida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga eng katta eʼtibor qaratib kelayotgan davlat rahbari sifatida alohida ajralib turibdi. Buning uchun men Prezident janobi oliylariga chin qalbdan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Imom Moturidiy Alloh taolo tomonidan insoniyatga berilgan eng ulugʻ inʼom, bebaho tuhfadir. Zotan, u bagʻrikenglik va moʻtadillikka asoslangan qarashlari, maʼrifiy gʻoyalari bilan nafaqat islom sivilizatsiyasiga, balki umumbashariy tamaddungi bebaho hissa qoʻshgan buyuk allomadir. Uning tafakkuri markazida inson erki, aql va ilm turadi.

Alloh taolo insonni eng goʻzal suratda yaratgan. Inson hurmat va ehtiromga loyiq mavjudotdir. Barcha insonlar Odam Atoning farzandlari boʻlgani sababli, insoniylik jihatidan oʻzaro birodar hisoblanadilar. Ular orasidagi musulmonlar dinda ham birodardirlar. Insonlarning oʻzaro ustunligi axloqiy fazilatlar, taʼlim-tarbiya bilangina oʻlchanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining Imom Moturidiy tavalludini keng nishonlash haqidagi qarori allomalarga yuksak ehtirom ifodasi oʻlaroq,  yosh avlodni mutaassib oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olishga ham xizmat qiladi. Zero, X asrda moʻtadil taʼlimotni insoniyatga targʻib qilgan Imom Moturidiyni xotirlash orqali bugun jamiyatda har qachongidan ham koʻproq ehtiyoj sezilayotgan tinchlik, bagʻrikenglik, moʻtadillik madaniyatini taʼminlash sari muhim qadam qoʻyiladi.

Umrining katta qismini Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlagan bir inson sifatida, men bu borada har qanday vazifaga hissa qoʻshishni sharaf deb bilaman.

Soʻnmez Kutlu,

Turkiyaning Anqara universiteti professori,

moturidiyshunos olim

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…