Research articles

Konstitutsiya – milliy va diniy qadriyatlarning huquqiy kafolati

Konstitutsiyamizda ham xalqimizning azaliy qadriyatlaridan bölgan har bir işni özaro maslahat va kengaşib bajariş haqida alohida norma kelgan bölib, unda “Jamiyat va…

This page is currently available in Uzbek only.

Konstitutsiyamizda ham xalqimizning azaliy qadriyatlaridan bölgan har bir işni özaro maslahat va kengaşib bajariş haqida alohida norma kelgan bölib, unda “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qöyiladi. Referendum ötkaziş tartibi qonun bilan belgilanadi” (9-modda) deya xalq muhokamasi davlat va jamiyat boşqaruvida muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlanadi. Bu qoidadan kelib çiqib, mamlakatizmizda bir qator muhim masalalar xalqning muhokamasi taqdim etilgan hamda umumiy ovozga &ndaş; referendumga qöyilgan. Ajdodlarimizdan bizgaça yetib kelgan bu anʼana kelgusida ham davlat boşqaruvining asosiy usullaridan bölib qoladi.

Maʼlumki, hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuçayib bormoqda, millatçilik, diniy murosasizlik boş kötarmoqda. Har qanday oqil inson bu illatlar davlatçilikni yemirib, jamiyatni parçalab, diniy ruhdagi nizolarga zamin hozirlaşiga şubha qilmaydi.

Ana şunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda ham turli dinga mansub insonlar örtasida döstlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaş dolzarb ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya va u asosda qabul qilingan qonun-hujjatlari yurtimizda yaşayotgan turli din vakillar örtasida hamjihatlikni taʼminlaş, jamiyatda örnatilgan tinçlik va osoyiştalikning mustahkam kafolati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bölgan işonçini oşirişning asosi bölib xizmat qilmoqda.

Xalqimizning öziga xos fazilatlaridan sanalgan bağrikenglik anʼanasi asrlar davomida şaklangan qadriyatlardandir. Bu ölkada yaşagan ajdodlarimiz ming yillar davomida millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni musatahkam qaror topişida jonbozlik körsatganlar. Xususan, sohibqiron Amir Temur ham islom diniga çeksiz hurmat körsatişi bilan bilan birga özga din vakillarini hurmatlab, ularga ehtirom körsatgani tarix kitoblarida muhrlangan. Şuningdek, dunyoda eng uzoq hukmronlik qilgan imperiyalardan sanalgan boburiylar imperiyasi Hindistonni zabt etgan bölsada, hindlarga nisbatan diniy bosim ötkazmadi hamda diniy bağrikenglikning yuksak namunalarini körsatişdi. Şu bois, Hindiston xalqi bugungi kungaça Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlarini hurmat bilan yodga oladi.   

Asrlar oşa davom etib kelayotgan bağrikenglik anʼanasi mustaqillik yillarida ham rivojlantirilib borilmoqda. Xusuan, bugungi kunda mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy taşkilotlar emin-erkin faoliyat yuritmoqda. Ularning har qanday tazyiqlardan xoli tarzda iş yuritişiga ham Konstitutsiyada mustahkamlangan eʼtiqod erkinligi bilan boğliq qoidalar asos bölib xizmat qilmoqda. Xususan, Asosiy qonunimizning 35-moddasida “Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi”, deya barça din vakillariga öz eʼtiqodlariga köra, ibodat qiliş va diniy rasm-rusmlarini ado etişlariga keng imkoniyatlar yaratib berildi.

Xulosa örnida taʼkidlaş joizki, Asosiy qonunimizda mustahkamlangan bu kabi normalar yurtimizdagi tinçlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni taʼminlaş, yoşlarimizda diniy bağrikenglik anʼanalarini rivojlantirişda öziga xos ahamiyat kab etadi.   Zero, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan davlat boşqaruvining boş maqsadi ham jamiyatda hamjihatlik va barqarorlikni mustahkamlaş, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinişini taʼminlaşdan iborat.

Şukrullo Jörayev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği

Articles

Read also

All articles
Popular articles

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Popular articles

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…