Anglaşuv memorandumlari imzolandi
Avval xabar berilganidek, 21-22-noyabr kunlari Turkiyaning Konya şahrida bölib ötgan VII Xalqaro Moturidiylik simpoziumida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ham iştirok etdi.
Simpozium doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti, Saljuq universitetining Imom Moturidiy amaliyot va tadqiqot markazi örtasida uç tomonlama Anglaşuv Memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida özaro hamkorlikning istiqboldagi yönalişlari belgilab olindi. Xususan, tomonlar örtasida Imom Moturidiy va moturidiylik böyiça mavjud qölyozmalarni örganiş va qöşma tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, konferensiya va ilmiy seminarlar ötkaziş, ilmiy axborot va tajriba almaşinuvi kabi bir qator yönalişlarda hamkorlik qilişga kelişib olindi.
Şuningdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Saljuq universitetining Imom Moturidiy amaliyot va tadqiqot markazi örtasida avval imzolangan Anglaşuv Memorandumi keyingi muddatga uzaytirildi.
