Новости

Xalqaro hamkorlik

✍️ Qohirada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va al-Azhar majmuasi oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi 26-yanvar kuni Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida ilmiy-maʼrifiy…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

✍️ Qohirada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va al-Azhar majmuasi oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 26-yanvar kuni Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Al-Azhar majmuasiga tashrif buyurdi.

 Tashrif doirasida delegatsiya Al-Azhar Shayxining xorijlik talabalar ishlari boʻyicha maslahatchisi, Xorijlik talabalar taʼlimini rivojlantirish markazi rahbari doktor Nahla as-Saʼidiy xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish,  talabalar orasida islom dinining moʻtadillik, bagʻrikenglik mohiyatini keng targʻib etish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Doktor Nahla as-Saʼidiy Oʻzbekistonning diniy-maʼrifiy sohadagi tashabbuslarini yuqori baholadi.

 Shuningdek, Misrda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning taʼlim sifati, yashash sharoiti va maʼnaviy tarbiyasini yaxshilash boʻyicha hamkorlik choralari muhokama qilindi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…