📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Xalqaro hamkorlik

✍️ Qohirada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va al-Azhar majmuasi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 26-yanvar kuni O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Al-Azhar majmuasiga tashrif buyurdi.

 Tashrif doirasida delegatsiya Al-Azhar Shayxining xorijlik talabalar ishlari bo‘yicha maslahatchisi, Xorijlik talabalar ta’limini rivojlantirish markazi rahbari doktor Nahla as-Sa’idiy xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish,  talabalar orasida islom dinining mo‘tadillik, bag‘rikenglik mohiyatini keng targ‘ib etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Doktor Nahla as-Sa’idiy O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy sohadagi tashabbuslarini yuqori baholadi.

 Shuningdek, Misrda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim sifati, yashash sharoiti va ma’naviy tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha hamkorlik choralari muhokama qilindi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati