VII Xalqaro Moturidiylik simpoziumi öz işini yakunladi
2025-yil 22-noyabr kuni Turkiyaning Konya şahrida bölib ötayotgan "XXI asr turkiy olam qadriyatlarini
şakllantirişda hanafiy-moturidiy paradigmasi" mavzusidagi VII Xalqaro Moturidiylik simpoziumi öz işini şöbalarda davom ettirdi.
Şöba yiğilişlarida Özbekistondan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori K.Şermuxamedov "Yangi Özbekistonda Imom Moturidiy merosiga eʼtibor", Markaz bölim boşliği O.Sotvoldiyev "Söfi Olloyorning "Sabotul ojizin" asarida moturidiylik taʼlimotining aks etişi", Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta öqituvçisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Turkiyadagi maxsus vakili A.Töyçiboyev "Hanafiy faqihlaridan Ahmad ibn Muso Kaşşiyning navozil ilmiga qöşgan hissasi" mavzusida maʼruza qildi.
Şuningdek, simpozium doirasida moturidiylik taʼlimotining bugungi kundagi ahamiyati, moturidiy olimlarning islom ilmlari rivojiga qöşgan hissasi kabi masalalar muhokama qilindi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
