VII Xalqaro Moturidiylik simpoziumi oʻz ishini yakunladi
2025-yil 22-noyabr kuni Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtayotgan "XXI asr turkiy olam qadriyatlarini
shakllantirishda hanafiy-moturidiy paradigmasi" mavzusidagi VII Xalqaro Moturidiylik simpoziumi oʻz ishini shoʻbalarda davom ettirdi.
Shoʻba yigʻilishlarida Oʻzbekistondan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori K.Shermuxamedov "Yangi Oʻzbekistonda Imom Moturidiy merosiga eʼtibor", Markaz boʻlim boshligʻi O.Sotvoldiyev "Soʻfi Olloyorning "Sabotul ojizin" asarida moturidiylik taʼlimotining aks etishi", Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta oʻqituvchisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Turkiyadagi maxsus vakili A.Toʻychiboyev "Hanafiy faqihlaridan Ahmad ibn Muso Kashshiyning navozil ilmiga qoʻshgan hissasi" mavzusida maʼruza qildi.
Shuningdek, simpozium doirasida moturidiylik taʼlimotining bugungi kundagi ahamiyati, moturidiy olimlarning islom ilmlari rivojiga qoʻshgan hissasi kabi masalalar muhokama qilindi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
