✍️Avval xabar berilganidek, Turkiyaning Saljuq universitetida “Usmoniylar davrida hanafiylik-moturidiylik” mavzusida VI xalqaro moturidiylik simpoziumi bölib ötmoqda.
Simpozium oçiliş marosimida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor örinbosari Aziz Tajiyev sözga çiqib, tadbirning Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi, moturidiylik taʼlimotini örganişdagi ilmiy-amaliy ahamiyatini taʼkidlab, hamkorlik uçun Turkiya tomoniga minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti dekani professor, doktor Yusuf Ajar, Konya Buyukşehir baladiyasi rahbari Uğur Ibrohim Altay, Konya muftiysi professor, doktor Ali Öğye, simpozium Taşkiliy qömitasi raisi doktor Umar Faruk Akpinar ham sözga çiqib, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Saljuq universiteti Ilohiyot fakulteti örtasida mustahkam hamkorlik aloqalar mavjudligi, jumladan, hamkorlikda moturidiylik taʼlimotiga bağişlangan silsilaviy simpoziumlar muntazam ravişda ötkazib kelinayotganiga alohida urğu berdilar. Şu bilan birga, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganiş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar, xususan, “Kitob at-tavhid” asarining zamonaviy naşri, “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining özbek tilidagi tarjimasiga alohida qiziqiş bildirildi.
Şundan söng simpozium işi şöbalarga bölingan holda davom ettirildi. Jumladan, birinçi şöbada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Naşrlar bölimi boşliği Zafar Faxriddinov “Sönggi Usmoniylar davri ilohiyotçisi Muhammad Zohid Kavsariy faoliyatining moturidiylik taʼlimoti rivojidagi örni“ mavzusida maʼruza qildi.
Simpozium Özbekiston va Turkiya örtasida diniy-maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga, Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini örganiş hamda keng tarğib qilişga, bu borada özbek va turk moturidiyşunos mutaxassislari tomonidan amalga oşirilayotgan tadqiqotlarni özaro muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.
