Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Buyuk vatandoşimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qöşgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning (keyingi örinlarda &ndaş; Imom Moturidiy) ibratli hayot yöli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini har tomonlama çuqur örganişni rağbatlantiriş, moturidiylik taʼlimotiga xos bağrikenglik va mötadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatçiligi örtasida keng tarğib etiş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida qaror qilaman:
1. Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nişonlaş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bağişlangan tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita (keyingi örinlarda &ndaş; Taşkiliy qömita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Taşkiliy qömita (A.Aripov) ikki hafta muddatda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini allomaning islom olamidagi obrö-eʼtibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nişonlaş böyiça quyidagilarni nazarda tutadigan çora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin:
(a) 2025-yil aprel oyida Samarqand şahrida “Moturidiylik &ndaş; bağrikenglik, mötadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkaziş;
(b) xorijlik tadqiqotçilar örtasida moturidiylik taʼlimoti böyiça ilmiy tanlov ötkaziş, ğoliblar iştirokida Özbekistonda madaniy-maʼrifiy uçraşuv va seminar-treninglar taşkil etiş;
(v) Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarning özbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini naşr etiş;
(g) Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bağişlangan esdalik suvenirlarini muomalaga çiqariş hamda poçta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boşqa körgazmali axborot vositalari turkumini yaratiş;
(d) Imom Moturidiyning serqirra hayot yöli va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini oçib beradigan badiiy-publitsistik film yaratiş;
(e) Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti yönalişida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bağişlangan asarlarning nodir qölyozma va naşr nusxalari hamda kitoblari körgazmasini taşkil etiş;
(j) Samarqand şahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta taʼmirlaş va obodonlaştiriş.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(a) Din işlari böyiça qömita bilan birgalikda 2025-yil may va oktyabr oylarida Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda ilmiy maqolalar tanlovini ötkazsin;
(b) moturidiylik taʼlimotiga mansub allomalarning ilmiy merosi va noyob qölyozma asarlarni örganiş böyiça Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan ilmiy-tadqiqot işlariga davlat buyurtmasini belgilangan tartibda şakllantirib borsin.
5. Özbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar hamda diniy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “Moturidiylik taʼlimoti bilimdoni” tanlovini ötkaziş va ğoliblarni munosib taqdirlaş tavsiya etilsin.
6. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda 2025-yil davomida joylarda Imom Moturidiyning ilmiy merosiga bağişlangan davra suhbatlarini taşkil etsin.
7. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda:
(a) xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotiga mansub allomalarning hayoti va ilmiy merosiga oid noyob qölyozma asarlar va boşqa madaniy boyliklarni aniqlaş, ularning nusxalarini Özbekistonga olib keliş va tadqiq qilişni tizimli ravişda taşkil etsin;
(b) Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bağişlangan yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratiş, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiliş, internet tarmoği va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarğib qiliş çoralarini körsin.
8. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va Özbekiston milliy media assotsiatsiyasiga Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritib boriş tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N. Aripov hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Ş. Mirziyoyev
