Международное сотрудничество

Аl-Аzhar majmuasida oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining al-Аzhar universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan,…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining 
al-Аzhar universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanayotgani, shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyati talabalarga yetkazildi.

Shuningdek, uchrashuvda Markaz ilmiy xodimlari anʼanaviy moturidiy taʼlimotidagi moʻtadillik, bagʻrikenglik masalalarini tushuntirib, adashgan oqimlar taʼsiriga tushishni oldini olish boʻyicha tegishli tavsiyalar berdilar. 

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida Markaz bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot yoʻnalishida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qator takliflar bildirdilar.

Suhbat yakunida, talabalarga Markaz kitoblari taqdim etildi.


Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…