Аl-Аzhar majmuasida oʼzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining
al-Аzhar universitetida tahsil olayotgan oʼzbekistonlik talabalar bilan davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan barpo etilgan Oʼzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanayotgani, shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyati talabalarga yetkazildi.
Shuningdek, uchrashuvda Markaz ilmiy xodimlari anʼanaviy moturidiy taʼlimotidagi moʼʼtadillik, bagʼrikenglik masalalarini tushuntirib, adashgan oqimlar taʼsiriga tushishni oldini olish boʼyicha tegishli tavsiyalar berdilar.
Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida Markaz bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot yoʼnalishida loyihalarni amalga oshirish boʼyicha qator takliflar bildirdilar.
Suhbat yakunida, talabalarga Markaz kitoblari taqdim etildi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati