Köhna Toşkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom (Hastimom) ziyoratgohi poytaxtning boş yodgorlik majmualaridan biri sanaladi. Mazkur joy atamasi şu yerdagi asosiy ziyoratgoh &ndaş;Toşkent (Şoş)da tuğilgan, musulmon olamining imomlaridan biri Abu Bakr Muhammad Qaffol Şoşiy maqbarasi nomidan olingan.
Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi “imom” darajasiga erişgan köplab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Şoşiy (904-976) ham alohida örin egallaydi. Zamondoşlari uni “Hazrati Imom” deb uluğlagan.
“Hastimom” sözi “Hazrati Imom” iborasining qisqartirilgan şaklidir. Mahalliy xalq Imom Qaffol Şoşiy hurmatidan bu joyni şunday atagan. U Toşkentning ilmiy-madaniy, diniy-maʼrifiy markazlaridan biri bölgan.
Maʼlumki, Toşkent &ndaş; örta asr arab manbalarida Şoş deb nomlanib, tafsir, hadis, fiqh, tilşunoslik ilmlarida köplab taniqli olimlarni yetiştirib bergan. Bu maskanda tuğilib faoliyat körsatgan buyuk zotlar, olimlar “Şoşiy”, “Toşkandiy” nisbasi bilan dunyoga tanilganlar.
Ana şunday allomalardan biri Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Şoşiy bölib, köplab arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltiriş uçun nomiga “katta”, “uluğ” maʼnosini ifodalaydigan “Kabir” sözini qöşib yozadilar.
Qaffol Şoşiy va uning ilmiy faoliyati nafaqat Şarq olimlari, balki Ğarb tadqiqotçilarining ham eʼtiborini jalb etgan. Maşhur nemis şarqşunosi K.Brokkelman, buyuk rus olimi V.Bartoldlar allomaning ilmiy merosiga yuksak baho berişgan.
Alloma mohir hunarmand bölib, qulfsozlikda şuhrat qozonganligi bois, “Qaffol” yaʼni, qulfçi, qulfsoz degan nom bilan eʼzozlangan. Qaffol Şoşiyning islom olamidagi obrö&şy;eʼtibori va mavqei, ilmiy salohiyati haqida örta asr arab mualliflari öz asarlarida alohida taʼkidlab ötişgan.
Jumladan, marvlik maşhur tarixçi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Samʼoniy özining “Ansob” (“Nasabnoma”) asarida şunday yozadi: “Qaffol &ndaş; qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Şoşiy Şoş ahlidan bölib, qulfsozlikda şuhrat qozongan. U öz zamonasining imomi (peşvosi) bölib, fiqh, hadis, usul, tilşunoslik ilmlari böyiça tengi yöq olim edi. Qaffol Şoşiyning nomi Mağrib-u Maşriqqa yoyilgan”.
Şuningdek, Qaffol Şoşiy hayot yöli va faoliyati haqida xalqimiz örtasida köplab turli naql, rivoyatlar mavjud.
Xalq orasida alloma qöli oçiq, saxiy inson sifatida ham tanilgan. Bu borada misrlik tarixçi Tojuddin Subkiyning “Tabaqot şofiʼiya kubro” asarida Qaffol Şoşiyning şeʼrlaridan ham parçalar keltirilgan: “Kimki uyimga mehmon bölib keladigan bölsa, dasturxonim doimo uning uçun yozilgan böladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa yesa, (bilsinki) undagi barça noz-u neʼmat peşona terim bilan topilgan, (yaʼni) halol böladi.
Biz bor&şy;budimizni mehmon oldiga qöyamiz. Bordi&şy;yu (qöyişga) narsa topolmasak, u holda sabzavot bilan sirka qöyamiz. Şunda beğaraz, köngli oçiq odam bölsa, u bunga rozi bölib könadi; bordi&şy;yu baxil bölsa, u holda uni men tuzata olmayman”.
Qaffol Şoşiy ilmiy merosida “Javomi’ al&şy;kalim” (“Qisqa iborali hadislar töplami”) asari yetakçi örinni egallaydi. “Javomi’ al&şy;kalim” kitobi Imom Qaffol Şoşiy qalamiga mansub bölib, unda Imom Buxoriy şarhi majmualaridagi Rasululloh (s.a.v) kalimalaridan töplangan”.
Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eşon Boboxon hazratlari 1970-yili Damaşq şahridagi “Zohiriya” kutubxonasida saqlanadigan “Javomi’ al&şy;kalim” asari qölyozmasi (32 sahifa)ning foto nusxasini olib kelgan. Hozirgi kunda bu asar qölyozmasining foto nusxasi Özbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida V-977 raqam ostida saqlanadi.
“Javomi’ al&şy;kalim”ning bu nusxasi hijriy 1116 (mil. 1704-1705) yilda Asʼad ibn Yahyo al-Hilvoniy tomonidan qölda köçirilgan. Demak, bundan uç asr oldin ham bu asarga nisbatan keng xalq ommasi orasida ehtiyoj katta bölganini köriş mumkin.
Qaffol Şoşiy töplagan hadislar qisqa, lönda hamda maʼnolarga boydir. “Javomi’ al&şy;kalim” maʼrifiy va didaktik ahamiyatga egaligi bilan boşqa hadis töplamlari içida ajralib turadi. Uşbu asardagi hadislarda islom dini ahkomlaridan taşqari, odob&şy;axloq, ilm&şy;maʼrifat, taʼlim&şy;tarbiyaga doir hikmatli iboralar örin olgan.
Quyida uşbu asarda xayr-saxovat va kömak berişga doir hadislar, hikmatli kalimalardan keltiramiz:
&ndaş; Saxovatpeşalik taqvodir.
Uşbu kalimadan saxovatli, qöli oçiq va kişilarga kömak beriş taqvo qiliş bilan barobar ekanini körişimiz mumkin.
&ndaş; Har bir ezgulik (yaxşilik, ehson, kömak, mehr-saxovat) sadaqadir.
&ndaş; Pinhona (sir tutib) qilingan sadaqa, ehson, saxovat va kömak Parvardigorning ğazabini söndiradi.
&ndaş; Sadaqa (ehson, saxovat, kömak, yaxşilik) suv olovni öçirganidek xatoni (gunohni) öçirib yuboradi.
Har bir inson hayotida davomida odamlarga yaxşilik qiliş, mehr-muruvvat va xayr-saxovat, kömak körsatiş orqali gunohlaridan foriğ bölişi zikr etilgan.
&ndaş; Jannat saxiylarning uyidir.
&ndaş; Insonning karami uning dinidir. Mehr-muruvvati uning aqlidir. Nasl-nasabi esa uning xulqidir.
&ndaş; Odamlarga mehr-saxovat körsatiş imondan keyingi eng maqbul işdir.
&ndaş; Zakot &ndaş; islomning köprigi.
&ndaş; Bu dunyoda xayrli işlarni qilib yurganlar oxiratda yaxşiliklarga erişuvçilardir.
Körinib turibdiki, uşbu hikmatli kalimalar va hadislar har qanday insonni odamlarga yaxşilik qiliş, saxovatli böliş, ularga kömak körsatiş kabi fazilatlarga undaydi.
&ndaş; Qalblar yaxşilik qilgan odamni seviş va yomonlik qilgan kimsani yomon köriş tuyğusida yaratilgan.
&ndaş; Bir-biringizga hadya ulaşinglar, mehr-oqibatingiz ziyoda böladi.
&ndaş; Özaro hadyalar ulaşinglar. Zero, sovğa yurakdagi hasad va ginalarni söndiradi.
&ndaş; Özaro hadya ulaşinglar. Çunki u yurakdagi qahr-ğazabni yöq qiladi va qalblardagi fisq-u fasodni daf qiladi.
Yuqoridagi hikmatlardan maʼlum bölişiça, mehr, muruvvat, saxovat, kömak kabi fazilatlar inson qalbini yumşatib, uni poklaşda muhim örin tutar ekan. Zero, imon gavhari bölmiş &ndaş; Qalb (dil) pok va sofligi inson odobining asosiy mezonlaridan beri desak mubolağa bölmaydi.
&ndaş; Kimga bir yaxşilik eşigi oçilsa, bas, u fursatdan foydalanib qolsin. Çunki bu eşik uning yuziga qaçon yopilişini bilmaydi.
&ndaş; Alloh bandalaridan faqat rahmdillariga rahm qiladi.
&ndaş; Alloh sadaqa bilan yetmişta halokatni daf qiladi (qaytaradi).
&ndaş; Ezgu işlar halokatlardan asraydi.
Umuman olganda, Qaffol Şoşiy asarida islom dini ahkomlaridan taşqari odob&şy;axloq, ilm&şy;maʼrifat, taʼlim&şy;tarbiyaga doir hikmatli iboralar qayd etilgan. Undan xalqimiz orasida keng tarqalgan matal, maqollar, nodir va qimmatli aforizmlar ham örin olgan. Bu esa hadislarning keng xalq ommasi uçun ravon va tuşunarli bölişi, tarqalişida muhim ahamiyat kasb etgan.
Neʼmatullo MUHAMEDOV,
Özbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islom tarixi va manbaşunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri,
tarix fanlari doktori
