Ommabop maqolalar

Sof eʼtiqod dushmanlari

Najmiddin Kubro – tasavvufning mashhur shayxlaridan biri, kubraviya tariqatining asoschisi. Uning toʻliq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy Xorazmiydir. Najmiddin Kubro…

Najmiddin Kubro – tasavvufning mashhur shayxlaridan biri, kubraviya tariqatining asoschisi. Uning toʻliq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy Xorazmiydir.

Najmiddin Kubro 1145-yilda Xiva shahrida dunyoga kelgan. Uning “Najmiddin”, “Kubro”, “Abul Jannob”, “Valiytarosh” kabi laqab, unvon va kunyalari bor. Farididdin Attor avliyolar haqida gapirar ekan, ularning bir necha toifaga boʻlinishini zikr etgan. Jumladan, maʼrifat ahli, muomalot ahli, muhabbat ahli, tavhid ahli, miskin faqirlar ahli va boshqalar. Ammo shunday shayxlar borki, ularda sanab oʻtilgan toifalarning bir qanchasining sifatlari jamlangan boʻladi. Shayx Najmiddin Kubro ham shunday insonlar sirasiga kiradigan murshid hisoblanadi.

Ahmad yoshligidan ilmga qiziqqan qobiliyatli inson boʻlgan. U shariat ilmlarini puxta egallab, yigitlik pallasida tengqurlari bilan boʻlgan barcha bahslarda hamisha gʻolib chiqqani uchun uni “Tammatul-Kubro” deya atashgan. Keyinchalik “Kubro” soʻzi laqab boʻlib qolgan. Buning yoniga “Najmiddin” – “dinning yulduzi” degan martaba-unvon qoʻshilib, Ahmad ibn Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur boʻlib ketadi. “Abul Jannob” soʻzi esa Najmiddin Kubroning kunyasi boʻlib, mazkur soʻzning maʼnosi dunyodan parhez qilgan taqvodorning otasi degan maʼnoni anglatadi. Boshqacha aytganda, shayxning taqvo va tavba posboni ekanligiga ishora. Abdurahmon Jomiyning yozishicha, Najmiddin Kubro Iskandariya shahrida muhaddis ulamolardan hadis ilmini oʻrganib qaytayotganida, yoʻlda bir kecha hazrati Paygʻambar (s.a.v.)ni tushida koʻradi va ul zotga murojaat qilib: “Menga kunya bagʻishlang”, deydi. Rasululloh (s.a.v.) Najmiddinga: “Sening kunyang Abul Jannob – dunyodan ijtinob qilib (chetlanib), parhez etuvchi boʻladi”, deya marhamat qiladilar.

Maqolalar

Yana oʻqing

Barcha maqolalar
Ommabop maqolalar

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining oʻninchi kunida dunyoning toʻrt burchagida yashovchi musulmonlar bir xil tuygʻu – iymon va shukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Ommabop maqolalar

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinchi Renessans davri sifatida alohida oʻrin tutadi. Ushbu tarixiy bosqich nafaqat qudratli markazlashgan davlat barpo etilgani, balki…