Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu &ndaş; iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar, qurbonlik söyib, qarindoş-uruğni mehmon qiladilar. Qurbon hayiti &ndaş; bu nafaqat diniy marosim, balki insoniyatning eng oğir maʼnaviy sinovdan ötganligini tasdiqlovçi tirik xotira, asrlar oşa avloddan-avlodga ötib kelayotgan uluğ anʼanadir.
Bugungi kunda jamiyatimiz hayoti şiddat bilan özgarib, yangilanib borayotgan bir davrda, uşbu muborak ayyom el-yurtimiz uçun yanada teran maʼno-mazmun kasb etmoqda. Xususan, bu yil ham Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentimizning alohida qarorlari qabul qilindi. Unda jamiyatimiz hayotida “Inson qadri uçun, inson baxti uçun”, degan ezgu ğoyani çuqur qaror toptirişda barça milliy va diniy qadriyatlarimiz qatori insonparvarlik, saxovat, şukronalik va bağrikenglik kabi olijanob fazilatlarni özida mujassam etgan muborak Qurbon hayiti ğoyat muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida taʼkidlandi. Insonparvarlik printsiplariga asoslangan uşbu siyosat tufayli bayram milliy yuksalişimizning maʼnaviy ustunlaridan biriga aylandi.
Islom taʼlimotida Qurbon hayiti ikki uluğ bayramdan biri sanaladi. U hijriy taqvimning zulhijja oyida, Haj amaliyotining sönggi kunlarida nişonlanadi. Bugun dunyo böylab ikki milliarddan ziyod musulmon bu kunni ibodat, qurbonlik söyiş, ehson ulaşiş va mehmondöstlik bilan ötkazadi.
Hayit kuni söyilgan qurbonlik göşti oila ahli, qarindoş-uruğlar, kambağal va muhtojlarga ulaşiladi. Bu taqsimot &ndaş; islomdagi ijtimoiy adolatning amaliy ifodasidir. Davlatimiz rahbarining yuqorida tilga olingan qarorida bayon etilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy davlat barpo etiş, yurtdoşlarimiz örtasida mehr-oqibatni kuçaytiriş, yordamga muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş, heç kimni mehr va eʼtibordan çetda qoldirmaslik borasida bu bayramning bezavol anʼanalari biz uçun kuç-ğayrat va ilhom manbai bölib xizmat qilmoqda.
Özbekistonda Qurbon hayiti öziga xos milliy-madaniy qiyofa kasb etgan. Hayitning rasmiy bayram sifatida belgilangani esa qadriyatlarimizga nisbatan yuksak ehtiromning yaqqol ifodasidir. Har yili bayram arafasida yurtimiz böylab keng kölamli obodonlaştiriş va mehr-muruvvat işlari avj oladi. Şahar-u qişloqlarda odamlar bayramga özgaça şukuh va kayfiyat bilan tayyorgarlik körişadi.
Bu bayram faqat diniy marosim emas &ndaş; u avlodlar örtasidagi mustahkam köprik, oila va jamiyat birligini yangilovçi ulkan ijtimoiy hodisadir. Tong otmasdan odamlar masjidlar tomon oşiqadi. Namozdan söng &ndaş; yurt tinçligi va elimiz farovonligini sörab duoga qöl oçiladi, keyin oila davrasiga qaytib, qurbonlik qiliş amaliga kirişiladi. Qurbonlik göştidan tayyorlangan taomlar bayram dasturxonining körkiga aylanadi. Mahallalarda kötarinki kayfiyat hukm suradi, qöni-qöşnilar bir-biriga taom ulaşadi.
Qurbon hayitida biz faqat qurbonlik söymaymiz, balki nafsimizni tiyişga, inson qadrini uluğlaşga, muhtojlarga yordam qölini çözişga, oilaviy riştalarni mustahkamlaşga va inson sifatida yana bir bor özligimizga qaytişga harakat qilamiz. Аna şunday teran maʼnosi va ezgu fazilatlari tufayli Qurbon hayiti haqiqiy insoniylik, mehr-muruvvat va oqibat bayramidir.
Oybek Sotvoldiev,
Imom Moturidiy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazi
bölim boşliğ
