Özbekiston Respublikasi Prezidentining ezgu taşabbusi bilan “Ramazon &mdaş; mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” şiori ostida keksalar, yolğiz fuqarolar holidan xabar olindi, ehtiyojmand oilalarga ğamxörlik körsatildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarga moddiy yordam berildi.
Uşbu muborak kunlarda mehrga taşna qalblar, yolğiz keksalar va bemorlar yöqlandi.
Iftorlik dasturxonlari ustida yurtdoşlarimizning kafti duoga oçilib, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yölida ezgu niyatlar qilindi.
Muborak Ramazon oyida mutafakkir ajdodlarimiz siymosiga hurmat-ehtirom körsatiş, ularning hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosini örganiş hamda yoş avlodga yetkaziş yuzasidan ham ulkan işlar bajarildi.
Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining qaytadan bunyod etilgani, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oçilişi Ramazon hayiti hamda Navröz ayyomiga hamohang ravişda xalqimizga haqiqiy bayram şukuhini ulaşdi.
Zotan, qadriyatlarimiz timsoli bölgan muqaddas Ramazon hayiti hamda bahorning qutluğ ayyomi &mdaş; Navröz bayrami yurtimizda alohida qadrlanadigan, xalqimizning maʼnaviy va madaniy hayotida muhim örin tutadigan kunlardan. Bu bayramlar xalqimizning asrlar davomida şakllangan boy madaniyati va yuksak maʼnaviyatini namoyon etadi. Şunday muborak kunlarda xayrli tadbirlarning ötkazilişi ham bejiz emas, albatta.
Toşkent şahrida qad rostlagan muhtaşam va mahobatli Islom sivilizatsiyasi markazi uluğvorligi hamda beqiyos xazinasi bilan butun dunyo xalqlarini lol qoldirib, ajdodlarimizning ilm-fan va jahon sivilizatsiyasiga qöşgan hissasi, yangi Özbekistonda inson qadrini yuksaltiriş maqsadida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni xalqaro miqyosda tarğib qiladigan noyob va yirik ilmiy-madaniy platforma sifatida namoyon bölmoqda.
Samarqand viloyatida tubdan qayta yangilanib, özgaça qiyofa kasb etgan Imom Buxoriy majmuasi esa buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosibdir.
Mazkur xayrli işlarning uzviy davomi sifatida Samarqandda aqida va kalom ilmining sultoni Imom Moturidiy majmuasi yangidan barpo etilmoqda.
Prezidentimiz Samarqand viloyatiga taşrifi davomida Imom Moturidiy yodgorlik majmuasidagi bunyodkorlik işlari bilan ham tanişdi. Endi Imom Moturidiy ziyoratgohi qayta qurilib, 250 örinli masjid, innovatsion muzey, kutubxonani qamrab olgan muhtaşam majmuaga aylanadi.
Mazkur majmualar yurtimizning dovruğini xalqaro hamjamiyatga keng yoyiş, köp asrlik tariximiz va boy madaniyatimiz, ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan bebaho hissasini namoyon etadigan ilmiy-maʼrifiy maskan sifatida Uçinçi Renessans uçun mustahkam poydevor vazifasini ötaydi.
Ramazon oyi munosabati bilan ötkazilgan iftorlik marosimida keng jamoatçilik vakillari, turli millat va diniy konfessiyalar, diplomatik korpuslar, xalqaro taşkilotlar xodimlari ham iştirok etgani yurtimizda bağrikenglik, hamjihatlik, bir damlik anʼanalari naqadar ustuvor ekanini körsatdi.
Davlatimiz rahbari hozirgi ğoyat tahlikali davrda tinçlik naqadar uluğ va bebaho neʼmatligiga alohida eʼtibor qaratib, 38 milliondan ziyod yurtdoşlarimiz yagona xalq, ahil oila bölib yaşayotgani eng katta boyligimiz ekanini, buni barçamiz yanada çuqur his etişimiz zarurligini taʼkidladi.
Çunki bugun dunyoning turli nuqtasida notinçlik va qurolli nizolar davom eta yotgan bir paytda Özbekistonda ötkazila yotgan bu kabi xayrli tadbirlar tinçlik va xotirjamlik, özaro ahillikning naqadar bebaho neʼmat ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.
Osoyişta va farovon kunlar uçun Yaratganga har qança şukrona keltirsak arziydi. Zero, faqat mana şunday osudalik, barqarorlik hukmron joydagina bunyodkorlik işlari, ilm-fan, taraqqiyot ravnaq topadi.
Iftorlik marosimida davlatimiz rahbari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining taqdimotini BMT qaror gohida ötkaziş taşabbusini yana bir bor taʼkidladi.
Bu ilmiy markazlar şunçaki muhtaşam binolar emas, balki yoşlarimiz orasidan yangi xorazmiylar, beruniylar, uluğbeklar, farğoniylar, buxoriylar, termiziylar, mo turidiylar yetişib çiqişi uçun mustahkam maʼnaviy maydon bölişi kerak.
Ramazon oyi munosabati bilan qilingan xayrli işlar, maʼrifiy-madaniy tadbirlarda Imom Moturidiy xalqaro il miy-tadqiqot markazi jamoasi ham faol iştirok etdi. Unda moturidiylik taʼlimoti namoyandalarining boy ilmiy-maʼnaviy merosini örganiş va keng tarğib qiliş bilan bir qatorda, xalqimizga maʼnaviy ozuqa ulaşiş, ayniqsa, Ramazon oyida insonlarni ezgulik va yaxşilikka çorlaydigan turli tarğibot materiallarini namoyiş etişga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, muborak Ramazon oyi davomida davlat va nodavlat telekanallarda “Maʼrifat manzillari” turkumi doirasida yurtimizda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar, xususan, ilmiy-maʼrifiy markazlar, taʼlim muassasalari, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar, qayta taʼmirlangan majmualar faoliyatiga bağişlangan 18 ta qisqa, xalqçil, maʼrifiy körsatuv, kalom ilmining sultoni Imom Moturidiyning bağrikyenglik, mötadillik va maʼrifatga çorlovçi hikmatlarini yoritişga bağişlangan 30 ta rolik, alloma qalamiga mansub “Taʼvilot al-Qurʼon” asaridagi bugungi kun uçun dolzarb mavzular şarhiga bağişlangan 20 ta körsatuv efirga uzatildi.
Ramazon oyi insonlarni ezgulik, mehr-oqibat va bağrikenglikka çorlaydigan, jamiyatda hamjihatlik va özaro hurmat muhitini mustahkamlaydigan muborak oy dir. Bu oydagi xayr-saxovat, ehtiyojmandlarga körsatilgan ğamxörlik va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar xalqimizning yuksak insoniy qadriyatlarga sodiq ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Komiljon Şermuxamedov,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Manba: "Yangi Özbekiston" gazetasining 2026-yil 24-mart kuni 56 (1655)-son
