News

Özbekistonning dunyoga soçilib ketgan maʼrifiy javohirlari

Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari Buyuk Britaniyada bölib, maʼrifiy jabhalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga eʼtibor qaratmoqda. Mamlakatimiz delegatsiya…

This page is currently available in Uzbek only.

Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari Buyuk Britaniyada bölib, maʼrifiy jabhalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga eʼtibor qaratmoqda.

Mamlakatimiz delegatsiya vakillari tom maʼnoda dunyo ilmiy markazlaridan sanalgan Oksford Islom tadqiqotlari markaziga taşrif buyurdi.

Markaz vakillari va olimlari bilan uçraşuvda Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elçisi Ravşan Usmonov, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyğun Ğafurov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Şovosil Ziyodov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov va boşqalar iştirok etdi.

Yangi Özbekistonda madaniy merosni asrab-avaylaş, örganiş va ommalaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, dolzarb ilmiy tadqiqotlar haqidagi, şuningdek, bu yönalişdagi xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirişga oid taqdimotlar tinglandi. Bu taqdimot va maʼruzalar Buyuk britaniyalik olimlar, şarqşunos, mnbaşunoslarda katta qiziqiş uyğotdi.

Öz navbatida Oksford Islom tadqiqotlari markazi vakillari ham qator davlatlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan “Islom olami tarixi atlasi” loyihasini taqdim etdi. Loyihada dunyoning har bir mintaqasining Islom sivilizatsiyasi rivojidagi örni, muhim kaşfiyotlar, olimlar hayoti va faoliyati, şuningdek, musulmon sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qöşgan hissasi körib çiqiladi.

Muzokaralar çoğida uşbu loyiha turkumida Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bağişlangan alohida jildni yaratiş böyiça ikki tomonning saʼy-harakatlarini birlaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Uçraşuv Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro tadqiqot markazlari va Oksforddagi islom tadqiqotlari markazi örtasida hamkorlik memorandumlari imzolanişi bilan yakunlandi.

Tadbir doirasida sönggi yillarda çop etilgan kitob va albomlar körgazmasi taşkil etildi. Oksford islom tadqiqotlari markaziga Katta Langar Qurʼoni faksimilesi, şuningdek, “Özbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlar sovğa qilindi.

&ndaş; Özbekiston boy tarix va betakror madaniy merosga ega qadimiy mamlakat, &ndaş; dedi Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy. &ndaş; Men Özbekistonga köp marotaba borganman. Ammo sönggi yillarda mamlakatingizning taşqi dunyo bilan aloqalari tobora kengaya boşladi. Yangi Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev barça xorijiy hamkorlar qatori biz olimlar, xorijiy tadqiqotçilar uçun ham yurtingizdagi ilmiy-maʼrifiy maskanlarning eşiklari oçiq ekanini aytmoqda. Jumladan, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan birgalikda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş böyiça olib borilgan muzokaralar kutilgan natijalarni berişiga işonaman.

Özbekiston delegatsiyasi vakillari dunyoning eng qadimiy kutubxonalaridan biri bölgan Oksforddagi Bodlean kutubxonasiga taşrif buyurdi va u yerda Özbekistonga oid nodir qölyozmalar bilan tanişdi.

&ndaş; Özbekiston buyuk allomalar, şoir va mutafakkirlar yurti, &ndaş; dedi Bodlean kutubxonasi Şarq qölyozmalari bölimi kuratori Nikolas Kontovas. &ndaş; Jumladan, Hazrat Alişer Navoiyning ul zot hayotligi davrida köçirilgan qölyozmalari kutubxonamiz fondining nodir javohirlaridan sanaladi. Bunday bebaho asarlarni bemalol butun insoniyatning xazinasi deyiş mumkin.

Kutubxonada özbekistonlik olimlar Özbekiston madaniy merosiga oid öndan ortiq qölyozmalar bilan tanişdi. Ayniqsa, Alişer Navoiyning şaxsiy dastxati bölgan «Xamsa» qölyozmasi barçada katta taassurot qoldirdi.

Mirzo Uluğbekning «Ziji Köragoniy» asari ham öziga xos tarixga ega. Uni salkam uç asr ilgari oksfordlik olim Jon Geyvs sotib olgan va kitob hoşiyasida zarhal qaydlar kiritgan. Kitob sahifalarida usmonli turk tilidagi bitiklar ham uçraydi.

Özbekiston ilmiy delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga taşrifi davom etmoqda.

Manba: ÖzA

News

Read also

All news
News

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…