Hijriy VII asr qoʻlyozmalari: tarix, siyrat va vaqflar
Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida "Hijriy VII asr qoʻlyozmalari: tarix, siyrat va vaqflar " mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiyada Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Iordaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Marokash, Jazoyir, Tunis, Misr kabi davlatlardan 60 dan ortiq taniqli manbashunos olimlar, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.
Anjuman Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Turkiyaning Sulton Ahmad Vaqfi huzuridagi "Dorul maxtutot" markazi hamkorligida tashkil etildi.
