Research articles

Noqonuniy diniy taʼlim berişning salbiy oqibatlari

Ogohlik Özbekiston dunyoviy davlat sifatida din va taʼlim sohasida muayyan tartib va qonun-qoidalariga ega. Mamlakatda diniy taʼlim beriş huquqiy asoslar orqali tartibga solingan…

This page is currently available in Uzbek only.

Ogohlik

Özbekiston dunyoviy davlat sifatida din va taʼlim sohasida muayyan tartib va qonun-qoidalariga ega. Mamlakatda diniy taʼlim beriş huquqiy asoslar orqali tartibga solingan bölib, mazkur jarayon davlat tomonidan tasdiqlangan muassasalarda amalga oşiriladi. Bundan taşqari, dinning notöğri talqini va turli xil radikal oqimlarning tarqalişi, ayniqsa noqonuniy diniy taʼlim beriş orqali jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid tuğdiradi.

Odatda noqonuniy diniy taʼlim asosan diniy fanlar böyiça maʼlumoti yetarli bölmagan şaxslar tomonidan berilib, ular jamiyatda turli xil qarama-qarşiliklarni keltirib çiqaradi. Şu bilan birga, noqonuniy diniy taʼlim köpinça radikal ğoyalarning tarqalişiga xizmat qilib, ekstremizm va terrorizm kabi xavfli oqimlar paydo bölişiga olib keladi. Bu kabi jarayonlar jamiyatda nizolar, murosasizlik holatlarini kuçaytiradi, natijada mavjud barqarorlikka salbiy taʼsir körsatadi. 

Maʼlumki, yoşlar jamiyatda faol, ammo hayotiy tajribasi kam bölgan aholi qatlami hisoblanadi. Öz navbatida, yoşlar noqonuniy diniy taʼlimga ham tez beriluvçan toifa sanaladi. Jamiyatda noqonuniy diniy taʼlim böyiça “takliflar” ortib borgani sayin, yoşlarning turli xil manbalar orqali taqdim etilgan yolğon maʼlumotlarga işoniş xavfi ortib boradi. Bu esa ular örtasida diniy oqimlar yoki aqidaviy radikalizmga beriliş xavfini kuçaytiradi. Natijada salbiy mafkuraviy taʼsirlarga uçrab, jamiyatda buzğunçilik rolini bajarib beriş darajasi ham ortib boradi.

Özbekiston köp millatli va köp konfessiyali davlat bölib, barça millatlar va diniy oqimlar örtasida bağrikenglik hamda özaro hurmat yuqori qadrlanadi. Noqonuniy diniy taʼlim beriş esa yoşlarda özga din vakillariga nisbatan mutaassiblaşuv ortişi hamda diniy bağrikenglikni zaiflaştirib, millatlararo totuvlikka putur yetkazişi mumkin. Radikal ğoyalarning tarqalişi dinlararo nizolar va millatlararo tuşunmovçiliklarni keltirib çiqaradi.

Taʼkidlaş lozimki, Özbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonunining 3-moddasiga binoan, diniy taşkilot sifatida röyxatdan ötmasdan faoliyat körsatiş, diniy taşkilot tomonidan faoliyatni özi turgan joydan, şu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy taşkilotga tegişli hududlardan taşqarida amalga oşiriş, şuningdek, diniy taʼlim muassasalaridan taşqarida xususiy tartibda diniy taʼlim faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlanişi hamda 8-moddasida har kim diniy taʼlim muassasalarida professional diniy taʼlim oliş huquqiga ega ekanligi, diniy taʼlim muassasalarida öqişga fuqarolar qonunçilikka muvofiq umumiy örta, örta maxsus taʼlim yoki professional taʼlim olganidan keyin qabul qilinişlari belgilab qöyilgan.

Demak, fuqarolar diniy taʼlim bilan boğliq huquq va erkinliklarini qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşirişlari talab etiladi. Aksinça, noqonuniy diniy taʼlim bilan şuğullanuvçilar belgilangan tartib-qoidalarga bepisandlik bilan qarab, öz xatti-harakatlari orqali qonunni buziş holatlarining ortib borişi jamiyatda qonun ustuvorligining zaiflaşuviga olib keladi. Bu holatlarda nafaqat taʼlim oluvçilar, balki butun jamoatçilikning qonunga bölgan işonçi yöqoladi va qolganlar ham özboşimçalik bilan harakat qilişga moyil böladi. Qolaversa, huquqiy tizimning kuçsizlanişi jamiyatda örnatilgan tartib-qoidalarning izdan çiqişiga olib keladi. Şu sabab ham har bir fuqaro diniy taʼlim sohasida örnatilgan tartib-qoidalarga amal qilişi lozim.

Bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida davlat noqonuniy tarzda diniy taʼlimotdan saboq beriş bilan boğliq faoliyat uçun qonunçilikda muayyan javobgarlik masalasini belgilagan. Noqonuniy tarzda diniy taʼlmotdan saboq bergan fuqarolar Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 241-moddasiga (Diniy taʼlimotdan saboq beriş tartibini buziş) asosan javobgarlikka tortilişi nazarda tutilgan. Uşbu moddaga köra, “Maxsus diniy maʼlumoti bölmay turib va diniy taşkilot boşqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq beriş, xuddi şuningdek, xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq beriş &ndaş; bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi”. Huquqbuzar belgilangan jazo çorasiga qaramay bu işini davom ettirsa, Jinoyat kodeksining 2292-moddasiga asosan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin. 

Şunday ekan amaldagi qonunçilikka rioya qiliş barça fuqarolar uçun muqarrarligi, diniy taʼlim oliş faqatgina rasmiy diniy muassasalarda berilişi, fuqarolarning şaxsiy diniy qaraşlari asosida diniy taʼlim olişi mumkin emasligi amaldagi qonunçilikda qatʼiy belgilangan. Uşbu tartibga qarşi har qanday insonlarning xatti-harakatlari qonun asosida qatʼiy taʼqib qilinadi. 

Öz navbatida, noqonuniy diniy taʼlim beriş nafaqat diniy soha, balki jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga ham jiddiy tahdid tuğdiradi. Noqonuniy şakldagi diniy taʼlim yoşlar ongiga salbiy taʼsir qilib, ularning turli xil radikal oqimlar safiga qöşilib qolişlariga sabab böladi. Şuningdek, qonun ustuvorligiga bölgan işonçni zaiflaştirib, jamiyat barqarorligi va diniy bağrikenglikka putur yetkazadi. Şunday ekan, noqonuniy diniy taʼlimning oldini oliş uçun davlat va jamiyat birgalikda harakat qilişi, huquqiy çoralarni kuçaytirişi lozim.

Şukrullo Jörayev,

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği

Manba: “Maʼrifat” gazetasi 2024-yil 4-dekabr, 49-son

Articles

Read also

All articles
Popular articles

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Popular articles

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…