Yangiliklar

YUNESKO Boş qarorgohida ilk marta Movarounnahrning boy ilmiy-maʼnaviy merosi tarğib qilindi

2026-yil 7-oktyabr’ kuni YUNESKOning Parij şahridagi Boş qarorgohida “Islom sivilizasiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy va ilmiy merosi hamda maʼrifat ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy…

2026-yil 7-oktyabr’ kuni YUNESKOning Parij şahridagi Boş qarorgohida “Islom sivilizasiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy va ilmiy merosi hamda maʼrifat ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ötkazildi.

Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoev tomonidan BMT Boş Assambleyasining 2025-yil sentyabrdagi yubiley 80-sessiyasida ilgari surilgan taşabbuslari doirasida Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy, Imom Moturidiy hamda Imom Termiziyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro maydonda tarğib etiş maqsadida taşkil etildi.

Yuqori darajada taşkil etilgan nufuzli anjumanda Buyuk Britaniya, Fransiya, Şveysariya, Italiya, Turkiya, Marokaş kabi davlatlardan 300 ga yaqin xorijlik olim va mutaxassislar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, Özbekistondagi ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari iştirok etdi.

Xususan, YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi prezidenti Xondker Muhammad Talha, YUNESKO Ijroiya kengaşi raisi Nosir bin Hamad al-Xinzab, YUNESKO Boş direktorining maslahatçisi Deniz Peris de Karvalʼyu, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari böyiça islom taşkiloti (ICESCO) Boş direktori Solim al-Malik, Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etiş (IRCICA) boş direktori Mahmud Erol Qiliç, “al-Furqon” islom merosi jamğarmasi ijroçi direktori Sali Şahsivari, Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy, Islom hamkorlik taşkilotining YUNESKO huzuridagi vakili Salima Delibey, Temuriylar davri tarixi va sanʼatini örganiş assosiasiyasi prezidenti Frederik Bressand, Milan Dizayn universiteti professori Mario Teddi, Jeneva diplomatik doirasi prezidenti Robert Blum kabi nufuzli mehmonlar öz maʼruzalari bilan iştirok etib, yurtimizda Özbekiston Prezidenti tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdilar.

Eʼtiborga molik jihati, xalqaro konferensiyada buyuk ajdodimiz Imom Moturidiyning ilmiy-maʼnaviy merosi ilk bor YUNESKOning Boş qarorgohi minbaridan tarğib qilindi.

Konferensiyada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuxamedov “Imom Moturidiy merosi: bağrikenglik va mötadillik falsafasi” mavzusidagi maʼruza bilan iştirok etib, unda allomaning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, uning taʼlimotidagi umuminsoniy ezgu ğoyalarning bugungi kundagi ahamiyati, allomaning jahon tamadduniga qöşgan hissasi haqida maxsus taqdimot qildi.

Konferensiya doirasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar hamda allomalar merosiga bağişlangan roliklar namoyiş etilib, ilmiy-maʼrifiy markazlarning eng sönggi naşrlari taqdimotlari ötkazildi.

Xalqaro tadbir CNN, BBC va Euronews, şuningdek, Fransiyadagi nufuzli xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Mazkur tadbir jahon hamjamiyatini yurtimiz allomalarining ilm-fan va sivilizasiya rivojiga qöşgan hissasi bilan yaqindan taniştirişga, Yangi Özbekistonda diniy-maʼrifiy soha hamda ajdodlar merosini örganiş borasida amalga oşirilayotgan ulkan loyiha va taşabbuslarni yetkazişga xizmat qiladi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…