Yangiliklar

Konsepsiya mazmun-mohiyati öqituvçi va talabalarga taniştirildi

6 mart kuni Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga…

 6 mart kuni Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga bağişlangan tadbir ötkazildi. 
 
 ???? Tadbirda Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği tarix fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent Şukrullo Jörayev iştirok etib, mazkur konsepsiyaning asosiy mazmun-mohiyatini Toşkent islom instituti professor-öqituvçi va xodimlariga taniştirdi. 
 

✅Maʼruzaçi quyidagilarga töxtaldi: 
 Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlanib 2025-yil 5 martdan amal qilişni boşlagani. Aslida qonunçiligimizda yaʼni Konstitutsiyada barça qonun qoidalar borligi, lekin u yerda maʼlumotlar batafsil berilmagani uçun uşbu konsepsiya işlab çiqilgani hamda parlament tomonidan qabul qilingani va qonun maqomiga ega ekanligini, binobarin farmon va qarorlar bunga binoan çiqarilişini. 
 
 Şuningdek, maʼruzaçi nutqi davomida Özbekiston Ruspublikasi dunyoviy davlat degan prinsipga köra boşqarilişi qayd etilganini ham eslatib ötdi. Maʼruzaçi konsepsiyaning asosiy quyidagi jihatlariga alohida töxtalib ötdi: 
 Konsepsiyaga köra biron şaxs jamiyatdagi voqea-hodisalarga nisbatan eʼtiqodiga köra çuqur munosabat bildirmasligi; 
 
 Heç bir fuqaro öz eʼtiqodini majburan heç kimga singdirmasligi; 
 
 Diniy ruhdagi partiya tuzilişi va tarğib qilinişi mumkin emasligi; 
 
 Davlat dunyoviylik tamoyilida taraqqiy etaverişi, fuqarolar eʼtiqodi bunga aralaşmasligi. Öz navbatida islom moliyasi ham davlat ahamiyatida iş yuritişi mumkinligi; 
 
 Davlat taʼlim tizimida diniy tus berilmasligi (diniy taʼlim muassasalari mustasno); 
 
 Tibbiyot yönalişida &ndaş; ilmiy isbotlanmagan meditsina yaʼni tabobat va dam soliş kabilarni ommaviy tarğib qilmaslik (salomatlikda xavf kuzatilganda eʼtiqodiy çeklovlarni istisno qilmaslik). Emlaş &ndaş; tibbiyotda ilmiy asoslangan bölsa qabul qiliş; 
 
 Madaniyat yönalişida &ndaş; musiqa, teatr va filmlarni işlab çiqariş va taqdim qilişda diniy taʼqiqqa uçramasligi; 
 
 Milliy qadriyatlarda axloq normalari yetarli darajada bölgani tufayli qaysidir mazhablarning qaraşlarini ommaga singdirişga urinmaslik. 
 
 ✅Maʼruzaçi uşbu konsepsiya töğri tatbiq qilinsa biron fuqaroning eʼtiqodiga zid kelmasligi, aksinça fuqarolarning foydasiga xizmat qilişini taʼkidlab söziga yakun yasadi. 
 
 ✅Şundan söng tadbir iştirokçilari tomonidan özlarini qiziqtirgan savollar berilib, Ş.Jörayev tomonidan batafsil javob berildi. 
 
 ✅Tadbir söngida maʼruzaçiga institut rahbariyati nomidan taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…