Konsepsiya mazmun-mohiyati o‘qituvchi va talabalarga tanishtirildi

6 mart kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
???? Tadbirda Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Shukrullo Jo‘rayev ishtirok etib, mazkur konsepsiyaning asosiy mazmun-mohiyatini Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchi va xodimlariga tanishtirdi.
✅Ma’ruzachi quyidagilarga to‘xtaldi:
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlanib 2025-yil 5 martdan amal qilishni boshlagani. Aslida qonunchiligimizda ya’ni Konstitutsiyada barcha qonun qoidalar borligi, lekin u yerda ma’lumotlar batafsil berilmagani uchun ushbu konsepsiya ishlab chiqilgani hamda parlament tomonidan qabul qilingani va qonun maqomiga ega ekanligini, binobarin farmon va qarorlar bunga binoan chiqarilishini.
Shuningdek, ma’ruzachi nutqi davomida O‘zbekiston Ruspublikasi dunyoviy davlat degan prinsipga ko‘ra boshqarilishi qayd etilganini ham eslatib o‘tdi. Ma’ruzachi konsepsiyaning asosiy quyidagi jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi:
Konsepsiyaga ko‘ra biron shaxs jamiyatdagi voqea-hodisalarga nisbatan e’tiqodiga ko‘ra chuqur munosabat bildirmasligi;
Hech bir fuqaro o‘z e’tiqodini majburan hech kimga singdirmasligi;
Diniy ruhdagi partiya tuzilishi va targ‘ib qilinishi mumkin emasligi;
Davlat dunyoviylik tamoyilida taraqqiy etaverishi, fuqarolar e’tiqodi bunga aralashmasligi. O‘z navbatida islom moliyasi ham davlat ahamiyatida ish yuritishi mumkinligi;
Davlat ta’lim tizimida diniy tus berilmasligi (diniy ta’lim muassasalari mustasno);
Tibbiyot yo‘nalishida – ilmiy isbotlanmagan meditsina ya’ni tabobat va dam solish kabilarni ommaviy targ‘ib qilmaslik (salomatlikda xavf kuzatilganda e’tiqodiy cheklovlarni istisno qilmaslik). Emlash – tibbiyotda ilmiy asoslangan bo‘lsa qabul qilish;
Madaniyat yo‘nalishida – musiqa, teatr va filmlarni ishlab chiqarish va taqdim qilishda diniy ta’qiqqa uchramasligi;
Milliy qadriyatlarda axloq normalari yetarli darajada bo‘lgani tufayli qaysidir mazhablarning qarashlarini ommaga singdirishga urinmaslik.
✅Ma’ruzachi ushbu konsepsiya to‘g‘ri tatbiq qilinsa biron fuqaroning e’tiqodiga zid kelmasligi, aksincha fuqarolarning foydasiga xizmat qilishini ta’kidlab so‘ziga yakun yasadi.
✅Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar berilib, Sh.Jo‘rayev tomonidan batafsil javob berildi.
✅Tadbir so‘ngida ma’ruzachiga institut rahbariyati nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.