2025-yilning 13 noyabr kuni Mir Arab Oliy madrasasida "Globallashuv davrida sof aqida va tasavvuf masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Abdullatif Alloqulov "Moturidiylik taʼlimoti tafviz va taʼvil metodologiyasi" hamda markaz yetakchi ilmiy xodimi Ahmad Saʼd Damanxuriy "Tasavvuf va kalom ilmi oʻrtasidagi maʼrifiy uygʻunlik" mavzusida maʼruza qildi.
Anjumanning asosiy maqsadi — globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb aqidaviy va fiqhiy masalalarni ilmiy jihatdan chuqur oʻrganish hamda ularning yechimi boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
