Новости

Xalqaro hamkorlik

✍️ Avval xabar berganimizdek, Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida "Islom sivilizatsiyasi olimlari" mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar davom etmoqda. Seminarda Imom Moturidiy xalqaro…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

✍️ Avval xabar berganimizdek, Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida "Islom sivilizatsiyasi olimlari" mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar davom etmoqda.

Seminarda  Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukrullo Joʻrayev "Imom Saraxsiy maktabi va islom xalqaro huquqida tinchlik tamoyillari", katta ilmiy xodim Ixtiyor Abdurahmonov "Imom Moturidiyning asarlarida qazo, qadar va ixtiyor erkinligi", Doston Mustafoyev "XIV–XV asrlarda Movarounnahrda yozilgan Qurʼon ilmlariga oid asarlar tahlili", Sunnatulla Abdullayev  "Movarounnahrlik qomusiy olim Rukniddin Ubaydulloh Samarqandiyning tilshunoslik, fiqh, kalom ilmiga oid asarlari" kabi mavzularda maʼruza qildilar.

✅Mazkur xalqaro muloqot islomiy ilmiy merosni chuqurroq oʻrganish, uni global miqyosda targʻib qilish va hamkorlikda yangi tashabbuslarni yoʻlga qoʻyishda muhim qadamlardan biri boʻldi.

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…