Xalqaro hamkorlik

✍️ Avval xabar berganimizdek, Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida "Islom sivilizatsiyasi olimlari" mavzusidagi V xalqaro ilmiy seminar davom etmoqda.
Seminarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev "Imom Saraxsiy maktabi va islom xalqaro huquqida tinchlik tamoyillari", katta ilmiy xodim Ixtiyor Abdurahmonov "Imom Moturidiyning asarlarida qazo, qadar va ixtiyor erkinligi", Doston Mustafoyev "XIV–XV asrlarda Movarounnahrda yozilgan Qur’on ilmlariga oid asarlar tahlili", Sunnatulla Abdullayev "Movarounnahrlik qomusiy olim Rukniddin Ubaydulloh Samarqandiyning tilshunoslik, fiqh, kalom ilmiga oid asarlari" kabi mavzularda ma’ruza qildilar.
✅Mazkur xalqaro muloqot islomiy ilmiy merosni chuqurroq o‘rganish, uni global miqyosda targ‘ib qilish va hamkorlikda yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.