Новости

Seminar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligidagi onlayn seminar oʻtkazildi 2025-yil 29-iyul kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligidagi onlayn seminar oʻtkazildi

 2025-yil 29-iyul kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida "Yangi renessans sari" mavzusidagi ilmiy seminarning navbatdagisi boʻlib oʻtdi.  

Onlayn seminarda "Movarounnahr mutasavviflari asarlarida moturidiylik eʼtiqodi" hamda "Imom Moturidiy taʼlimotida zuhd va tasavvuf" mavzusidagi maʼruzalar tinglandi.

 Seminar nafaqat ikki taniqli ilmiy muassasa oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, balki islom ilmlari, xususan, moturidiylik taʼlimoti va tasavvufni oʻrganish boʻyicha xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. 

Ishtirokchilar maʼruzachilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. 

 Markaz va universitet oʻrtasidagi bunday ilmiy muloqotlar kelajakda ham davom etib, islom sivilizatsiyasining boy merosini oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim oʻrin tutishi maqsad qilingan.

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…