Sharq va Gʻarb olimlarini birlashtirgan anjuman
Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Neapol Sharqshunoslik universiteti va ERC-SYNERGY EuQu ("Yevropa Qurʼoni") loyihasi hamkorligida "Din va koʻptillilik: Yevropa va Osiyo jamiyatlarida Qurʼon va islomiy adabiyotlarning yoyilishi" mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda.
Anjumanda asosiy eʼtibor Osiyodagi islomiy qoʻlyozmalar va Qurʼon tarjimalari, shuningdek, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo olimlarining bu yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlari hamda soʻnggi topilmalarga qaratildi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari ham ishtirok etmoqda. Unda Abdullatif Alloqulov Imom Moturidiyning "Taʼvilot al-Qurʼon" asari oʻzbekcha tarjimasining oʻziga xos xususiyatlari mavzusida maʼruza qildi.
