Новости

Eʼtirof

Moturidiylik – taraqqiyotga chorlagan taʼlimotdir "Islom sivilizatsiyasi tarix davomida adolat, ilm va hikmatga asoslangan kuchli fikriy anʼanani yuzaga keltirgan. Bu merosning asoslari…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

 Moturidiylik – taraqqiyotga chorlagan taʼlimotdir

"Islom sivilizatsiyasi tarix davomida adolat, ilm va hikmatga asoslangan kuchli fikriy anʼanani yuzaga keltirgan. Bu merosning asoslari oʻrganilganda, unda hanafiy fiqhi va moturidiy kalomi hal qiluvchi oʻrinni egallagani koʻzga tashlanadi. Imom Moturidiy Imom Aʼzam Ab-u Hanifaning davomichisi sanaladi. Moturidiyga koʻra, aql insonlarni boshqa mavjudotlardan ayirib turuvchi muhim jihatdir. U aql, sezgilar va toʻgʻri xabarni bilimga erishish vositalari sifatida taʼriflagan. Uning mazkur qarashi bugungi kun ilmiy tadqiqotlarida qoʻllaniladigan uslublar bilan aynan muvofiq keladi. Umuman olganda, moturidiylik tarix davomida nafaqat sof islom aqidasini himoya qilishda, balki musulmonlarning taraqqiyot sari yuzlanishida ham muhim oʻrin tutgan".

Prof. dr. Husayn Yilmaz, 
Saljuq universiteti rektori

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…