Moturidiylik – taraqqiyotga chorlagan taʼlimotdir
"Islom sivilizatsiyasi tarix davomida adolat, ilm va hikmatga asoslangan kuchli fikriy anʼanani yuzaga keltirgan. Bu merosning asoslari oʻrganilganda, unda hanafiy fiqhi va moturidiy kalomi hal qiluvchi oʻrinni egallagani koʻzga tashlanadi. Imom Moturidiy Imom Aʼzam Ab-u Hanifaning davomichisi sanaladi. Moturidiyga koʻra, aql insonlarni boshqa mavjudotlardan ayirib turuvchi muhim jihatdir. U aql, sezgilar va toʻgʻri xabarni bilimga erishish vositalari sifatida taʼriflagan. Uning mazkur qarashi bugungi kun ilmiy tadqiqotlarida qoʻllaniladigan uslublar bilan aynan muvofiq keladi. Umuman olganda, moturidiylik tarix davomida nafaqat sof islom aqidasini himoya qilishda, balki musulmonlarning taraqqiyot sari yuzlanishida ham muhim oʻrin tutgan".
Prof. dr. Husayn Yilmaz,
Saljuq universiteti rektori
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
