Новости

Diniy sohadagi islohotlar: xalqaro eʼtibor, ehtirom, eʼtirof

AQSHning "IslamiCity" portali oʻz sahifasida Yangi Oʻzbekistondagi diniy soha islohotlari haqida maqola eʼlon qildi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Sh.Islomov…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

AQSHning "IslamiCity" portali oʻz sahifasida Yangi Oʻzbekistondagi diniy soha islohotlari haqida maqola eʼlon qildi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Sh.Islomov bilan hamkorlikda tayyorlangan ushbu maqolada soʻnggi yillarda dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va ekspert doiralari eʼtiborini tortgan masala – Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar, ularning muvaffaqiyat keltirgan omillari haqida soʻz boradi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan bu islohotlar oʻzining xalqparvarligi, barcha din va eʼtiqod vakillari uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlashi, xalqimizning azaliy orzu-istaklarini oʻzida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatlidir.

Bunday deyishimizga sabab shuki, yaqin yillar ichida ushbu amalga oshirilgan ijobiy oʻzgarishlar nafaqat Oʻzbekiston uchun, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham manfaatli boʻldi. Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bajarayotgan yirik ilmiy loyihalari natijalaridan musulmon mamlakatlarining xalqlari ham maʼnaviy ozuqa olmoqda. Jumladan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining oʻzbek va arab tillarida nashr etilgan "Kitob at-tavhid", "Taʼvilot al-Qurʼon" kitoblari xalqaro kitob koʻrgazmalarida eʼtibor va eʼtirofga sazovor boʻldi. Bugun bu kitoblar moturidiylik taʼlimoti bilan shugʻullanuvchi olim va tadqiqotchilarning ish stolidagi asosiy manbaga aylanib ulgurdi.

Haqiqatni aytish kerakki, bundan salkam oʻn yil muqaddam, hali yurtimizda bunday markazlar tashkil etilmasidan avval, kimdir oʻzbekistonlik islomshunos olimlar arab, ingliz va boshqa xorijiy tillarda fundamental tadqiqotlar yaratishi, ular kerak boʻlsa, arab va boshqa xalqlar ulamolarining asosiy murojaat qiladigan manbasiga aylanishi haqida gapirsa, mubolagʻaga oʻygan boʻlardik. Bugun esa bu koʻz oʻngimizda sodir boʻlayotgan, qalbimizga gʻurur va iftixor solayotgan haqiqatdir.

Maqolada Oʻzbekistondagi diniy sohadagi islohotlar, avvalo qonun ustuvorligiga tayanib, mamlakatimizning dunyoviy, demokratik davlat ekaniga asoslanishi taʼkidlangan. Ayni vaqtda, turli din vakillariga ibodat va marosimlarini tinch-totuv sharoitda, koʻngil xotirjamligida ado etish, Oʻzbekiston fuqarosi sifatida yurt ravnaqi va farovonligi yoʻlida hamma qatori mehnat qilib, uning samarasini koʻrish imkoniyati yaratilgani bugun jahonning turli hududlarda diniy asosdagi nizo va ayirmachilik kayfiyati kuchayib borayotgan sharoitda gʻoyat ahamiyatli ekaniga eʼtibor qaratilgan.

OʻzA

Новости

Читайте также

Все новости
Новости

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…