SOTVOLDIYEV OYBEK XAYRULLO OʻGʻLI

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar boʻlimi boshligʻi

Sotvoldiyev Oybek Xayrullo oʻgʻli 1996 yilda Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2018 yilda Toshkent islom universitetini bitirgan. 2018 yilda yilda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida magistraturani tamomlagan. 2023 yilda ayni taʼlim muassasasida “Muhammad ibn Saʼd Zuhriyning “at-Tabaqot al-kubro” asari – islom tarixiga oid muhim manba” mavzusida tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Qiziqish sohasi: Islom tarixi va madaniyati, moturidiylik taʼlimoti, xattotlik, lingvistika.
Mehnat faoliyatini 2019-2020 yillarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi kichik ilmiy xodimi, 2020-2022 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi Tarjimalar boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan. 2022 yildan hozirgacha Tarjimalar boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. 
O.Sotvoldiyevning ilmiy tadqiqotlari asosan islom tarixi va moturidiylik taʼlimoti bilan bogʻliq. U 20 dan tarjima va mualliflik kitoblari, monografiya va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.