Научные статьи

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilarining MUROJAATI

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilarining MUROJAATI Muhtaram…

Эта страница пока доступна только на узбекском языке.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilarining MUROJAATI

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,

Sizning “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilariga yöllagan tabrigingizni biz barçamiz konferensiyamiz uçun öziga xos dasturilamal sifatida qabul qildik.

Özbekiston zaminida tavallud topib, özining benazir isteʼdodi, bilim va tafakkuri, ezgu fazilatlari bilan islom olamida şuhrat qozongan buyuk allomalarning boy ilmiy merosini örganiş va tarğib etiş borasidagi faoliyatimizga alohida eʼtibor qaratib, kamtarona mehnatimizga yuksak baho berganingizdan ğoyat mamnunmiz va buning uçun Sizga samimiy minnatdorligimizni izhor etamiz. 

Heç şubhasiz, biz &ndaş; islomşunos, termiziyşunos olim va tadqiqotçilar haqidagi iliq va haqqoniy fikrlaringiz bizni yanada köproq izlanib, yangi-yangi tadqiqotlar yaratişga, islom dinining Siz taʼkidlab aytgan tinçlik, ezgulik va insonparvarlik mohiyatini keng oçib berişga ilhomlantiradi.

Biz, Yangi Özbekistonda Sizning bevosita rahbarligingizda barça jabhalarda, xususan, taʼlim, fan, madaniyat va maʼrifat, diniy munosabatlar yönalişida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni katta eʼtibor bilan kuzatamiz va har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz. 

Bu sohalardagi özgarişlar Özbekiston xalqi öz oldiga oliy maqsad qilib qöygan Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş yölida çin dildan harakat qilayotgani va bu intiliş ulkan amaliy jarayonga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Azal-azaldan buyuk allomalar yurti, tinçlik va döstlik diyori sifatida nom qozongan Özbekiston zamini bugungi kunda özining tinçlikparvar siyosati bilan xalqaro miqyosda tobora yuksak obrö-eʼtibor qozonayotgani bizni behad mamnun etadi. 

Bu, heç şubhasiz, Sizning davlat rahbari sifatida çuqur öylab olib borayotgan oqilona siyosatingiz, jahon miqyosida ilgari surayotgan ezgu va xayrli taşabbuslaringiz samarasidir.

Ayniqsa, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida bayon etilgan va jahon hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlangan “Islom dini bizni ezgulik va tinçlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylaşga daʼvat etadi”, degan fikringiz mamlakatda olib borilayotgan tinçlikparvarlik siyosatining asl maʼno-mazmunini özida yaqqol namoyon etadi.

Siz ilm-fanni rivojlantiriş, özlikni anglaş, yoşlar tarbiyasi, islom dinining asl mohiyatini idrok etiş kabi masalalarni davlat siyosati darajasiga kötarib, Birinçi va Ikkinçi Şarq Uyğoniş davriga mansub köplab yorqin namoyandalarning jahon va islom sivilizatsiyasiga qöşgan bebaho hissasini örganiş, ularni yangi şaroitda hayotga tatbiq etiş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşirmoqdasiz.

Bunga “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroringiz va ana şu tarixiy hujjat asosida Termiz şahrida ötkazilgan “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” kabi mavzulardagi xalqaro anjuman ham yorqin misol böla oladi.

Biz Sizning ana şu kabi taşabbuslaringizni töliq qöllab-quvvatlaymiz va Özbekistonning diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarini xalqaro miqyosda tarğib etişda faol hamkorlik qilişga tayyormiz.

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Imom Termiziy va termiziy allomalarning ilmiy merosiga doir turkum ilmiy maʼruzalar tinglandi va anjuman yakunida tegişli qaror hamda Termiz deklaratsiyasi qabul qilindi.

Anjumanni taşkil etişdan közlangan maqsadga tölaqonli erişildi, deb hisoblaymiz.

Biz ötmişda yaşab ötgan buyuk mutafakkirlarimiz qoldirgan buyuk va bebaho merosni örganiş, asrab-avaylaş va tarğib etiş borasidagi şarafli va masʼuliyatli işga öz hissamizni qöşayotganimizdan mamnunmiz. 

Zero, Özbekistonning madaniy merosi butun insoniyatning boyligidir.

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari, 

Özbekistonda ilm-fan va diniy sohani qöllab-quvvatlaş, uluğ allomalarning ilmiy merosini çuqur örganiş va tarğib etiş uçun zarur şaroitlar yaratib berilayotganini eʼtirof etib, buning uçun Sizga yana bir bor çuqur ehtiromimiz va taşakkurimizni izhor etişga ijozat bergaysiz. 

Islom dini mohiyatida mujassam bölgan ezgulik va insonparvarlik ğoyalarining tub mazmun-mohiyatini oçib beradigan buyuk mutafakkirlar asarlarini örganiş, tarğib etiş va kelajak avlodga bezavol yetkazişda bundan buyon ham Sizning eng yaqin kömakçingiz bölib qolişga tayyormiz. 

Siz, janobi oliylariga mustahkam salomatlik va Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölidagi ğoyat masʼuliyatli va şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yuksak ehtirom bilan, 

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilari

                                               Termiz şahri, 2024-yil 17-oktabr

Manba: “Xalq sözi” gazetasi

Статьи

Читайте также

Все статьи
Популярные статьи

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining öninçi kunida dunyoning tört burçagida yaşovçi musulmonlar bir xil tuyğu – iymon va şukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Популярные статьи

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinçi Renessans davri sifatida alohida örin tutadi. Uşbu tarixiy bosqiç nafaqat qudratli markazlaşgan davlat barpo etilgani, balki…