
MUSTAFOYEV DOSTON SHUHRATOVICH
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi
Mustafoyev Doston Shuhratovich 1991 yil Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida tug‘ilgan. U 2015 yil Toshkent islom universiteti bakalavriatini, 2017 yilda ushbu oliygohning magistraturasini tamomlagan.
Mustafoyev Doston mehnat faoliyatini 2017 yil Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi sifatida boshlab, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ekspertiza bo‘limi mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
U 2021 yildan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi bo‘lib ishlab kelmoqda.
Mustafoyev Doston 10 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. U hozirda “Sayyid Sharif Jurjoniyning temuriylar davri Qur’on ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Qo‘shimcha malumot



Izohlar